Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Jizzaxdagi stadion chempionat uchrashuvlarini qabul qilishga tayyor!

Jizzaxdagi stadion chempionat uchrashuvlarini qabul qilishga tayyor!

Baho:
+ | -

13 aprel kuni «So‘g‘diyona» Coca-Cola Superliganing 10-turidan joy olgan «Turon»ga qarshi bellashuvni o‘z arenasida o‘tkazishi haqida xabar berilgandi. Kecha O‘zPFL Jizzaxdagi stadion holatini o‘rgandi.

Liga va klub o‘rtasidagi kelishuv asosida «So‘g‘diyona»ning OFK kubogi yarim finali doirasidagi o‘yinidan so‘ng yangi maydon uchun harakat boshlandi. Ayni vaqtda maydon yaxshi holatda. Drenaj va sug‘orish tizimi yangilangan. Tez orada klub sug‘orish tizimini kompyuterlashtirish jarayonini boshlaydi. Bu esa chimni talab etilgan darajada parvarishlash inson omili emas, balki aniq raqamlashtirilgan mexanizm orqali boshqarilishini ta’minlaydi.

Shuningdek, mazkur chimni yaxshi holatda saqlab turish uchun texnika talab etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 apreldagi «Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-115-sonli qarori bu kabi texnikalarni xarid qilish uchun qulayliklarni nazarda tutadi. Shundan kelib chiqib, «So‘g‘diyona» futbol klubi Liga tavsiyasi asosida tez orada yangi texnika xarid qiladi.

Qayd etish kerak, 2022 yilda «So‘g‘diyona» klub bazasini ishga tushirgandi. 2024 yilda mazkur baza qoshidagi futbol maydoni ham Liga talab qilayotgan ko‘rinishga keltiriladi. Shuningdek, kelasi yilda klub akademiyasini rasman foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

13 maydan e’tiboran O‘zbekistonda maysasi talabga javob beradigan stadionlar soni 11 taga yetadi: «Paxtakor», «Jar», «Bunyodkor», «Lokomotiv» (barchasi Toshkent), «Markaziy» (Namangan), «O‘zbekiston» (Yaypan), «Istiqlol» (Farg‘ona), Markaziy” (Qarshi), «Buxoro sport majmuasi» (Buxoro), «Markaziy» (G‘uzor), «So‘g‘diyona» (Jizzax). Yil yakuniga qadar bunday maydonlar soni 14 tani tashkil qilishi rejalashtirilgan: OKMK (Olmaliq), «Bobur arena» (Andijon), «Surxon arena» (Termiz).

Ma’lumot uchun, Liga sentyabr oyidan boshlab Bekobodda futbol uchrashuvlarini o‘tkazmaslik bo‘yicha «Metallurg» futbol klubi bilan kelishuvga erishgan. Shuningdek, «Qizilqum» va «Dinamo» futbol klublari bunday chim bilan 2024 yilgi mavsumni Superligada o‘tkazish imkonsiz ekanligi yuzasidan ogohlantirilgan.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 15:04, 04.05.2023.
O'qildi: 2387 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик