Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Zamonaviy futbolda qaysi amplua vakillari zaxira o‘rindig‘ida ko‘proq qolib ketishyapti?

Zamonaviy futbolda qaysi amplua vakillari zaxira o‘rindig‘ida ko‘proq qolib ketishyapti?

Baho:
+ | -

Qiziq, darvozabonni hisobga olmaganda, qaysi amplua vakillari zaxira o‘rindig‘ida ko‘proq qolib ketishyapti zamonaviy futbolda?

Tahlillarga qaraganda, Yevropaning kuchli 5ta ligasi qatorida Italiya «A» seriyasi zaxirachilarga nisbatan shafqatsizroq. Har holda, Italiya chempionatida murabbiylar zaxira vakillariga murojaat qilish masalasida anchayin ehtiyotkorlar. Amplualar bo‘yicha aytsak, himoyachilar zaxirada ko‘proq qolib ketishadi odatda. Zaxira o‘rindig‘ida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan 15 nafar futbolchi (darvozabonlar qo‘shilmagan, albatta) ro‘yxatida biror hujumchi yo‘qligini ham alohida ta’kidlash o‘rinli.

Futbol statistikasi bilan shug‘ullanuvchi fbref saytida o‘ta qiziqarli ma’lumotlar juda ko‘p. Jumladan, o‘yinlar davomida foydalanilmagan zaxira futbolchilariga bog‘liq ko‘rsatkichlar ham bor. Tan olaylik, futbol statis­tikasining bu tomoni ko‘pchilik uchun yangi qirra, albatta. Harqalay, foydalanilmagan zaxira kuchi haqida ilk marta katta tahliliy maqola berilmoqda. Avvalo, aytish kerak, fbref sayti bu borada 2014/2015 yillar mavsumidan e’tiboran o‘yin­lar qaydnomasiga kirgan, ammo maydonga tushmagan futbolchilar ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqdi. Shunga asosan tuzilgan «10 nafar sodiq  zaxirachi» reytingida pesh­qadamlik roli «A» seriyaning naq 177ta o‘yinini boshidan oxiriga qadar o‘rindiqda kuzatgan Andrea Ranokkiyaga nasib etdi. 2-o‘rindagi Daniele Ruganida bunday o‘yinlar soni ancha kam - 148ta. Shu joyda yana bir muhim eslatma, reytingga faqat maydon futbolchilari kiritilgan, ya’ni darvozabonlar ko‘rsatkichlari hisobga olinmagan. Aks holda, kuchli 10talik zaxira kiperlaridan ort­masdi.

*** O‘tgan yilning kuzida butsalarini mixga ilgan Andrea Ranokkiya hali-vari peshqadamlikni boy bermasa kerak. «Monsa» safiga qo‘shilganidan ko‘p o‘tmay, futboldan ketishga qaror qilgan italiyalik himoyachi zaxiradagi o‘yinlarini asosan «Inter»da to‘plaganini alohida aytish joiz. 

*** To‘g‘ri, Daniele Ruganining istiqboli juda katta. Birinchidan, Ranokkiyaning vatandoshi endigina 28 yoshga to‘ldi. Ikkinchidan, «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Qisqasi, Daniele agar ish joyini o‘zgartirmasa, Ranokkiyadan o‘zib ketishi hech gap emas. 

*** Zaxira o‘rindig‘ida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan 10 nafar futbolchi reytingi to‘liq himoya vakillaridan shakllandi. Top-15talikka qarasak, begona amplualardan faqat bir futbolchi bor - yarim himoyachi Koke. 

*** Reytingda markaziy himoyachilarning mav­qei juda baland. Deylik, kuchli uchlikda faqat markaz vakillarini ko‘rish mumkin - Andrea Ranokkiya, Daniele Rugani va Juan Jezus. Hammasi mantiqan to‘g‘ri, murabbiylar markaziy himoyada eksperiment qilishga moyil emaslar. Ular bu nuqtada tajribadan o‘tgan juftlikka tayanishadi ko‘pincha. 

*** Diqqat, zaxirada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan 15 nafar futbolchidan 10 nafari (!) «A» seriyaga begona emas. Oddiy aytganda, top-15dan joy olgan Martin Kelli, Kevin Long, Fil Bardsli, Koke va Xavyer Man­kilyogina Italiya chempionatida o‘ynashmagan. «A» seriya ko‘rsatkichlaridan ortiqcha hayratlanishga hojat yo‘q. Gap shundaki, Italiyada zaxira o‘rindig‘i nisbatan «uzun»: mahalliy federasiya o‘yin qayd­nomasini doi­miy ravishda kengaytirib bormoqda. Deylik, oxirgi 5 yilda zaxirada o‘tiradigan futbolchilar soni 9 nafardan 15 nafarga ko‘paydi. Bunda klublar o‘rindiqqa 2 nafar darvozabon va 13 nafar (butun tarkibdan ham ortadi) maydon o‘yinchisini joylashtirishi mumkin.

*** Agar «A» seriya vakillarini qo‘shmasdan reyting tuzilsa, yana bir qiziqarli ro‘yxat yuzaga keladi. Bunisida ham himoyachilar yaqqol ustunlar, albatta. Xulosa shuki, futbolda eng daxlsiz pozisiya - bu himoya (darvoza chizig‘idan tashqari, albatta). 

*** Murabbiylarning o‘yin­lar davomida hujumkor futbolchilarni tez-tez almashtirishlari sababi o‘z-o‘zidan tushunarli. Lekin zaxirada eng ko‘p qolib ketgan 15 nafar futbolchi orasida ispaniyalik yarim himoyachi Xuan Mata ham bor. U jami 88ta o‘yinni o‘rindiqda kuzatgan.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:00, 06.05.2023.
O'qildi: 2314 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.