Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

YECHL zonasi uchun kurash. «Yuventus» oldida jiddiy raqib – «Atalanta»!

YECHL zonasi uchun kurash. «Yuventus» oldida jiddiy raqib – «Atalanta»!

Baho:
+ | -

Birozdan so‘ng Italiya A Seriyasi 34-turining markaziy bahsi start oladi. Bergamodagi «Geviss» o‘yingohida «Atalanta» «Yuventus»ni qabul qiladi. Har ikkala jamoa ham kuchli to‘rtlik uchun kurashmoqda.

«Yuventus»

Allegri shogirdlarining yaqin oradagi ishlari yaxshi emas. Jamoa bundan uch kun avval «Lechche»ni kichik hisobda taslim etgandi. Biroq undan avvalgi so‘nggi 7 bahsda atigi bir g‘alaba qo‘lga kiritilgan xolos. O‘sha orada «Inter»ga mamlakat kubogi yarim final javob o‘yinidagi yutqaziq ham bor. Biroq jamoaning Yevropa ligasi yarim finaliga chiqqani biroz muxlislar kayfiyatini ko‘tarishi mumkin. Ammo bu yerda «keksa sinyora» turnir «mezboni» bo‘lgan «Sevilya»ga to‘qnash keladi. Buning ustiga hali «Yuve» A Seriyada ancha xushyor tortishi zarur. Jamoadan 15 ochko yana tortib olinishi mumkin. Buning ustiga hozirgi o‘rin ham mustahkam emas. Ortdan ta’qib etib kelayotgan «Atalanta» hamda «Roma»dan 5 ochkolik farq mavjud. Bugungi bellashuv Allegrini xavotirga solishi turgan gap. Fakt shuki, «Yuventus» joriy mavsum top-7 dagi jamoalarga qarshi so‘nggi 6 o‘yinda 4 marta mag‘lub bo‘ldi. Buning ustiga, «qora-oqlar» so‘nggi 16 safar bahsidan 6 tasida mag‘lub bo‘lishgan. Ammo turinliklar uchun «Geviss» stadioni ancha qulay. Ular bu yerga safar chog‘ida 17 ta uchrashuvda atigi bir marta qoqilgan xolos.

«Atalanta»

O‘z maydonidagi o‘sha yagona g‘alaba bundan ikki yil avval sodir bo‘lgan. Biroq bergamoliklar liganing so‘nggi 6 o‘yinida «Yuve»ga mag‘lub bo‘lmay keladi. Gasperini shogirdlari oxirgi 7 bahsni hisoblasa, A Seriyada eng ko‘p ochko jamg‘ardi va o‘zlarining 2021 yildagi rekordini takrorladi. O‘tgan turdagi «Spesiya»ga qarshi o‘yin (3:2) ham dramaga aylandi. Hozirda «Atalanta» «Inter»dan ikki hamda «Yuventus»dan 5 ochkoga ortda qolmoqda. Mavsum yakuniga qadar «neradzurrilar» bilan bitta o‘zaro o‘yin mavjud. Qolgan raqiblarni esa bemalol amallasa bo‘ladi.

Yangiliklar

«Yuventus» uchun bugun De Shilyo hamda Paredes yordam bera olmaydi. Lokatellining maydonga tushishi esa so‘roq ostida.

Gasperini esa Xoylun, Palomino yordamlaridan faoydalana olmaydi.

Kiritildi: 15:06, 06.05.2023.
O'qildi: 1515 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик