Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Puxtalikni tanlagan murabbiy

Puxtalikni tanlagan murabbiy

Baho:
+ | -

Xabi Alonso futbolchilik davridayoq murabbiylik kasbiga mehr qo‘ydi.

JCH-2010 turniridagi g‘alaba esa unga PRO lisenziyasini hadya etdi. Natijada baskoniyalik futbolchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy liga jamoa­larini boshqarish huquqiga ega bo‘ldi. Darvoqe, aynan shunday imtiyozga o‘z vaqtida Andrea Pirlo ham sazovor bo‘lgandi. Biroq Xabi italiyalik kasbdoshidan farqli ravishda, ustozlik faoliyatini quyi pog‘onalardan boshlashni ma’qul ko‘rdi. Shu tariqa afsonaviy futbolchi «Real»ning 14 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar jamoasiga saboq bera boshladi. Oradan bir yil o‘tgach, ya’ni, 2019 yilda navbatdagi bosqichga - «Real Sosyedad»ning ikkinchi jamoasiga o‘tdi va uni Segundaga olib chiqish bilan ajoyib muvaffaqiyatga erishdi. Agar bu divizionda «Real» va «Barselona»ning o‘rinbosarlarini inobatga olmasak, boshqa jamoalar vakillari juda oz. Bu borada «Real Sosyedad» ijobiy natijalari bilan ajralib turadi. Chunki uning tarkibida asosan mahalliy tarbiyalanuvchilar to‘p surishadi. Shu bois, Xabi qisqa vaqt ichida jamoani yuqoriga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Lekin «Real Sosyedad-B»ni Segundada ushlab qolishning iloji bo‘lmadi. Shunga qaramasdan, ispaniyalik murabbiy «Bayer»ning e’tiborini tort­di. 2022 yil oktyabrida Xabi «dorishunoslar»ni qabul qilganida, jamoa bundesliganing 8ta uchrashuvida 5 ochko jamg‘arib, 17-o‘rinda borayotgan, muxlislar esa Segundada o‘z o‘rnini himoya qila olmagan tajribasiz murabbiyni ishonchsizlik bilan kutib olishgandi. Boz ustiga, Alonso «Bayer»ga mavsum o‘rtasida kelgandi.
 

Biroq tez orada Xabi barcha xavotirlar asossiz ekanligini isbotladi, mart oyida «Bayer» shunchaki, jadvalning yetakchi yarmiga ko‘tarilish bilan kifoyalanib qolmadi, balki yevrokuboklar hududi uchun kurashayotgan favoritlar safiga ko‘tarildi. Shuningdek, YEL turnirida yarim finalga chiqdi. Qizig‘i, Belgiyaning «Yunion»i bilan bo‘lgan chorak final qarama-qarshiligining dastlabki bellashuvida jangovar durang (1:1) bilan kifoyalangan Xabi Alonso shogirdlari safar uchrashuvidan yirik (4:1) g‘alaba bilan qaytishdi. Darvoqe, ichki chempionatning 25-turida «Bavariya» aynan «Bayer»­dan mavsumdagi 3-mag‘lubiyatini qabul qilgach, myunxenliklar bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann iste’foga chiqarilgandi. Bundesliga grandining sport direktori Hasan Salixamijich esa Alonsoning «Bayer»iga yuksak baho bergandi: «Bunday manzaraga juda kam duch kelganman. Biz hech narsaga erisha olmadik, payshanba kuni bizga qarshi to‘p surgan jamoa yaqqol ustunlikka erishdi. Biz barcha jihatlarda raqibga imkoniyatni boy berdik».

2021 yil bahorida «Borussiya M.» mutasaddilari Alonsoga taklif bilan chiqishgan, tomonlar kelishuvga erishgandek edilar. Biroq bask o‘g‘loni Bundesligaga oshiqmaslikni lozim topgan va «Sosyedad»ni boshqarishda davom etgandi. E’tiborli jihati shundaki, Xabi Alonso jamoalari puxta muvozanatga asoslangan futbolni namoyish etadi. Himoyaning ilk bosqichida yuqori va o‘rta chiziqlarda raqibni to‘xtatishga intiladi, bu usul muvaffaqiyatli chiqmasa, orqa chiziqda mustahkam qo‘rg‘onni shakllantiradi. Oldingi chiziqda esa tezkor, kombinasion o‘yinni namoyish etadi.

Albatta, barcha sobiq futbolchilar kabi Xabi ham o‘z murabbiylaridan saboq olgan. «Liverpul»da Rafa Benites, «Real»da Joze Mourinyo va Karlo Anchelottilar, «Bavariya»da Xosep Gvardiola va yana don Karloning uslublarini qunt bilan o‘rgandi. Anchi Myunxenda assistentlikka taklif etganida, muloyimlik bilan rad etdi. Sababi, Alonso uchun Yurgen Klopp ideal murabbiy maqomida. Yuqorida zikr etilgan mutaxassislar kabi germaniyalik murabbiy ham Xabida kuchli taassurot qoldirgan.

Oxirgi paytlarda Xabining jiddiy jamoalarga o‘tishi taxmin qilinmoqda. OAVda Anchelottining o‘rnini to‘ldirishi haqidagi xabarlar chop etildi. Biroq Alonso hamon o‘z yo‘nalishida davom etmoqda, Leverkuzendan ketish niyati yo‘q.

Ikkinchi variant - «Liverpul». Kloppning shartnomasi 2026 yilning yozida kuchini yo‘qotadi. Anchadan beri Shotlandiyada «Reynjers» bilan muvaffaqiyatga erishgan Stiven Jerrard asosiy nomzod sifatida ko‘rilayotgandi. Lekin «Aston Villa»da Stivining ishlari yurishmadi va iste’foga chiqarildi. Natijada Alonso asosiy nomzadga aylandi. Biroq nima bo‘lganda ham, xulosa chiqarishga shoshilmaslik kerak. Alonso doimo o‘zining puxta o‘ylashi va xotirjamligi bilan kasbdoshlaridan farqlanib turadi. Aynan shu fazilati uni qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘yishidan asrab kelmoqda. Qisqasi, puxtalikda hikmat ko‘p, Xabi Alonso - o‘z ishining ustasi bo‘lish uchun ishlab charchamaydigan yigit!

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:32, 07.05.2023.
O'qildi: 2726 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.