Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

"Liverpul" va "Brayton" foydali kelishuvni amalga oshirish haqida o‘ylayapti

"Liverpul" va "Brayton" foydali kelishuvni amalga oshirish haqida o‘ylayapti

Baho:
+ | -

"Liverpul" 2023 yilning yozida tarkibni yangilashi kerak. Jamoani shartnoma muddati tugaydigan bir qator o‘yinchilar tark etadi va klub yangi futbolchilar bilan bitim imzolashi kerak. Shulardan biri Qatardagi Jahon chempionati qahramoni – braytonlik Aleksis Makallister bo‘lishi kutilmoqda.

Yevropaning top-insayderi Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda argentinalik yarim himoyachining "Liverpul"ga o‘tishga qiziqayotganini aytdi. Qayd etilishicha, yakuniy kelishuvga erishish uchun hali kelishib olinishi kerak bo‘lgan tafsilotlar mavjud. Muzokaralar keyingi ikki hafta ichida davom etadi.

"Men hozir hech narsa deya olmayman", deya javob berdi Yurgen Klopp Makallisterning transferi haqidagi savolga. "Brayton" yetakchilardan biri uchun taxminan 60 million yevro talab qilmoqda. Bu past narx emas, lekin Premyer-liga va futbolchining xizmatlari uchun yetarlicha. “O‘ylashimcha, u keyingi transfer oynasida klubini o‘zgartiradi. Biz uning qayerga borishini hozircha bilmaymiz, umuman olganda, muzokaralar endigina boshlanmoqda, lekin, katta ehtimol bilan, Aleksis iyul oyida boshqa jamoada o‘ynaydi”, - dedi avvalroq Aleksisning otasi Karlos Makallister.

Qarama-qarshi yo‘nalishda esa yarim himoyachi Jeyms Milner “Brayton”ga kelishi kutilyapti. 37 yoshli angliyalik futbolchining klub bilan shartnomasi yozda nihoyasiga yetadi, shuning uchun u istalgan variantni tanlashi mumkin. Va u “Brayton” bilan shartnoma tuzishga qaror qildi. 37 yoshli angliyalikni tushunish mumkin: u kamdan-kam holatda asosiy tarkibda maydonga tushadi va hali faoliyatini yakunlamoqchi emas. “Aytishim mumkinki, men u bilan ajoyib suhbatlar o‘tkazdim. U uni qanchalik qadrlashimni biladi, bu uning qarori. Milner bo‘lmaganida, so‘nggi 7,5 yil ichida hech qanday sovrin yutmagan bo‘lar edik", - dedi Klopp futbolchining ketishi haqidagi savolga.

Makallister  - "Liverpul"ni kuchaytirish uchun ajoyib imkoniyat. Argentinalik o‘zining professionalligi bilan ajralib turadi, shiddatli futbolga jismonan tayyor, pressing va himoyada yaxshi ishlaydi. Makallister penalti tepishda ham yaxshi. Argentinalik futbolchi "Brayton"ning Premyer-ligadagi eng yaxshi to‘purari (9 gol, 6 tasi 11 metrdan).

“Chaykalar"ning maydon markazida Aleksis top klubga o‘tish uchun yana bir nomzod Moises Kaisedo bilan juftlikni tashkil etdi. Agar Makallisterni “Liverpul” yarim himoyachilari bilan solishtiradigan bo‘lsak, unga eng o‘xshashi jamoaning sobiq futbolchisi Jorjinyo Veynaldumdir. Niderlandiyalik futbolchi xuddi shunday funksionallikka ega edi, yarim himoyada butunlay boshqa pozisiyalarda joylashishi mumkin edi.

Makallisterning eng yaxshi futboli ,albatta, Qatardagi jahon chempionati edi. Aynan shu turnirda argentinalik nomi hammaga ma’lum bo‘ldi. Saudiya Arabistoni bilan birinchi o‘yinda (1:2) maydonga tushmagan, qolgan barcha uchrashuvlarda maydonga tushib, g‘alaba bilan yakunlangan.

"Liverpul" yangi o‘yinchilarni qo‘lga kiritish jarayonida. Klopp rahbariyatga futbolchilarni 8 iyulda boshlanadigan mavsumoldi birinchi yig‘in oldidan tayyorlamoqchi ekanligini aytdi. Yaqin kelajakda transferlar haqida ma’lumotlar oqimi kuchayadi. Ammo birinchi potensial shartnoma ham muxlislarda jamoaning keyingi mavsumdagi istiqbollari haqida ishonch hosil qilishi mumkin.

Kiritildi: 15:23, 07.05.2023.
O'qildi: 2795 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик