Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR
18/06 01:00 Angliya - Xorvatiya
18/06 04:00 Gana - Panama
18/06 07:00 O‘zbekiston - Kolumbiya
18/06 21:00 Chexiya - JAR
18/06 23:59 Shveysariya - Bosniya-Gertsegovina

Shuhrat Toshpo‘latov: "G‘alabaga loyiq edik"

Shuhrat Toshpo‘latov: "G‘alabaga loyiq edik"

Baho:
+ | -

Superliga 9-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Navbahor” (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Shuhrat Toshpo‘latov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugun Superliganing eng kuchli jamoalaridan biri bilan bahs olib borganimizga qaramasdan o‘yin nazorati to‘liq bizda bo‘ldi. Yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Boisi, “Navbahor”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadik. Biroq o‘z vaziyatlarimizni golga aylantira olmaganimiz sabab durang o‘ynadik.

Har bir jamoa o‘z maydonida g‘alaba qozonishni istaydi. Bugun raqibga nisbatan ko‘proq vaziyatlar yaratdik va o‘ylaymanki, g‘alabaga loyiq edik.

Tojikistonlik legionerga to‘xtaladigan bo‘lsak, uning pozisiyasida Nasrullayev hozir yaxshi formada bo‘lib turibdi va shu sabab uni maydonga tushirmayapmiz.

Ikkinchi bo‘limda hujumkorlikni oshirish maqsadida Mozgovoy o‘rniga Abdurahimovni maydonga tushirdik. Mannonovda esa kichik jarohat bor edi. Uning o‘zi o‘zgartirish qilishni istadi. Sidiqovda esa toliqish kuzatilgani sabab zaxiraga oldik”, – dedi Toshpo‘latov.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 21:56, 07.05.2023.
O'qildi: 1494 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик