Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Ten Xag De Xeaga yana imkon bermoqchi

Ten Xag De Xeaga yana imkon bermoqchi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag darvozabon David de Xeaning klubdagi kelajagi haqida gapirdi.

Gollandiyalik mutaxassis darvozabonning «qizil iblislar» safida qolishini istashini ta’kidladi.

«Biz uning shartnomasini uzaytirishini istaymiz. Biz uni keyingi mavsumda biz bilan birga bo‘lishini istaymiz», - dedi Ten Xag. 

32 yoshli ispaniyalikning «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi shu yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.

De Xea «Manchester Yunayted»da 2011 yildan buyon to‘p tepadi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 53 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z darvozasidan 57 ta gol o‘tkazib yubordi va 23 bor darvozasini daxlsiz qoldirdi.

Kiritildi: 06:46, 08.05.2023.
O'qildi: 1494 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик