Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

"Napoli"ni erta tark etgan yulduzlar

"Napoli"ni erta tark etgan yulduzlar

Baho:
+ | -

Ulardan ba’zilari, ehtimol, o‘z qaroridan pushaymon bo‘lishgandir. Ular jamoa uchun ko‘p mehnat qilishdi, lekin eng asosiy sovringa ega chiqmasdan klubdan ketishdi. Bugun “Napoli” tarkibida champion bo‘lishga haqli bo‘lgan jamoaning sobiq futbolchilari haqida gaplashamiz.

Kalidu Kulibali (Senegal, himoyachi, 31 yosh)

Neapolliklar bilan birgalikda Kulibali kubok va Italiya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Unga faqatgina “Skudetto” yetishmayotgan edi. Buning o‘rniga Kalidu Premyer-ligada parokandalikka yuz tutgan "Chelsi"ga ketishga ma’qul ko‘rdi.

Dris Mertens (Belgiya, hujumchi, 35 yosh)

Mertens ham xuddi shunday vaziyatga tushib qoldi. Dris A Seriyada ko‘p yillar jozibali o‘yin ko‘rsatdi va Turkiyaga yo‘l oldi. "Galatasaroy"da uning gollari soni keskin kamaydi, 25 o‘yinda bor-yo‘g‘i 6 gol va 3 ta golli uzatma.

Lorenso Insinye (Italiya, vinger, 31 yosh)

2020 yilgi Yevropa chempioni Torontoga ko‘chib o‘tib va u ham oltinsiz qoldi. Insinye italyan klubiga sodiq edi, biroq u ko‘proq maosh olishni xohladi. Pul topish bo‘yicha u g‘alaba qozondi, lekin “Skudetto”dan quruq qoldi.

David Ospina (Kolumbiya, darvozabon, 34 yosh)

Faoliyatining oxirida Ospina Krishtianu Ronaldu bilan mahalliy chempionatda g‘olib chiqish umidida “An-Nasr”ga yo‘l oldi. Buning zamirida ham yuqori maosh yotar edi. Ammo hozircha uning yangi klubi chempionatda ikkinchi o‘rinda boryapti.

Fabian Ruiz (Ispaniya, yarim himoyachi, 26 yosh)

Ruiz Italiya chempionati medalidan mahrum bo‘lganidan juda xafa bo‘lmasa kerak, chunki u Fransiyada chempionlikka yaqin. Fabian so‘nggi turlarda “PSJ”ga Liga 1 peshqadamligini qo‘ldan chiqarmaslikka yordam berishga harakat qiladi.

Arkadiush Milik (Polsha, hujumchi, 28 yosh)

“Napoli”ni tark etib, “Marsel”ga o‘tgan Milik Italiya chempionatiga qaytishini o‘ylamagandi. Lekin shunday bo‘ldi: futbolchi "Lasio" bilan ikkinchi o‘rin uchun kurashayotgan "Yuventus"ga ijaraga berildi.

Salvatore Sirigu (Italiya, darvozabon, 36 yosh)

Yana bir 2020 yilgi Yevropa chempioni “Fiorentina”ga ko‘chib o‘tdi, ammo bu mavsumda faqat bitta o‘yin o‘tkazdi. Qizig‘i shundaki, Sirigu "Napoli"da bo‘lgan vaqtida biror marta ham maydonga tushmagan. Faqatgina unda ketishga arzigulik sabab bor edi.

Kiritildi: 13:58, 08.05.2023.
O'qildi: 2944 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик