Kirish Ro'yxatdan o'tish

Platini: «Cheferin va Infantino siyosatida pul ishlashdan boshqa hech qanday o‘zgarish yo‘q»

Platini: «Cheferin va Infantino siyosatida pul ishlashdan boshqa hech qanday o‘zgarish yo‘q»

Baho:
+ | -

UYEFA sobiq prezidenti Mishel Platini liganing yuqori menejmentini tanqid qildi.

«Biz UYEFAning yuqori rahbariyatini hisobga olishimiz kerak. Oldinda moliyaviy feyr-pley bo‘ladi, lekin UYEFA prezidenti Cheferin buni amalga oshirishda qiynalmoqda.

Haqiqat shundaki, Cheferin ham, FIFA prezidenti Infantino ham o‘z o‘rnini mahkam ushlab turganlar.

Men futbol o‘ynadim, ularning siyosatini ko‘rdim. Ularning dasturlarida ko‘proq o‘yin o‘ynash va ko‘proq pul ishlashdan boshqa hech qanday o‘zgarish yo‘q.

Futbol tarixiga kirgan musobaqalarni ham hurmat qilishmaydi. Meni almashtirgan inson futbol haqida hech narsa bilmaydi», - deya Platinining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Calcio e Finanza nashri.

Eslatib o‘tamiz, Mishel Platini UYEFAni 2007 yildan 2015 yilgacha boshqargan. Platinining asosiy islohoti UYEFA kubogini Yevropa ligasiga aylantirish edi. 

Kiritildi: 16:25, 08.05.2023.
O'qildi: 1331 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик