Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

«Ikki qo‘chqorning kallasi bir qozonda qaynamaydi» — «San Siro»mi yoki «Juzeppe Meassa»?

«Ikki qo‘chqorning kallasi bir qozonda qaynamaydi» — «San Siro»mi yoki «Juzeppe Meassa»?

Baho:
+ | -

«San Siro» nomi bilan mashhur bo‘lgan va «Juzeppe Meassa» deb ham ataladigan stadionni bilmaydigan futbol muxlisi bo‘lmasa kerak. Ushbu o‘yingoh har ikkala jamoaning ham uy bahslariga mezbonlik qiladi va bu ko‘plab munozaralarga sabab bo‘lgan.

«Milan» muxlislarining nima uchun ushbu stadionga ko‘proq da’vo qilishlarining sabablari yetarli. Birinchidan, «San Siro» ochilgan yildan (1926) boshlab 1935 yilgacha «rossonerilar» unga yakka egalik qilgan. O‘sha yili esa arenani milanliklar mahalliy konsulga sotishga majbur bo‘lgan. «Inter» esa o‘tgan davr mobaynida bu stadionda biror marta yolg‘iz hukmronlik qilmagan. Yana bir jihati shundaki, «Milan»ning «Pirelli shinalari»ni ishlab chiqaruvchi prezidenti Pyero Pirelli stadion qurilishiga homiylik qilgan. Bundan tashqari aynan «rossonerilar» bu yerda katta uchrashuvlarni o‘tkazgan bo‘lib, o‘zlarini umuman «Inter»ga teng ko‘rishmaydi.

«Inter» muxlislarining asosiy da’vosiga sabab - bu mashhur futbolchi Juzeppe Meassa bo‘lib, u A Seriyada 200 ta gol urgan hamda 2 ta JCHda g‘olib bo‘lgan. U faoliyatining asosiy qismini «neradzurrilar» safida o‘tkazgan bo‘lib, 348 ta o‘yinda maydonga tushgan. «Milan» sharafini esa atigi 37 ta bahsda himoya qilgan. Butun dunyo ushbu arenani asosan, «Juzeppe Meassa» deb emas «San Siro» deb bilishadi. Bu omil esa «Inter» muxlislarini biroz xafa qiladi.

Tarix esa quyidagicha. 1947 yilgacha har ikkala klub uchun ham o‘z uy o‘yinlarini o‘tkazishga stadion bo‘lmagan. Natijada «San Siro»da almashib bahslarni o‘tkazishga to‘g‘ri kelgan. Bungacha «Inter»ning uy uchrashuvlari «Sivicha» nomli kichik arenada bo‘lib o‘tgan. «San Siro»ning bo‘linishiga asosan moliyaviy pul tejash sabab bo‘lgan. Chunki bu yerdagi ijara narxi ancha baland. Bundan tashqari stadion joylashuvining qulayligini ham unutmaslik kerak. U Milanning o‘rtasida joylashgani sababli muxlislarga ayni qulayliklarni taqdim etadi. Shuningdek, ushbu omillar ikkala jamoa o‘rtasidagi intrigani ham keskin oshirib yuborgan. Albatta, muxlislarning o‘zaro stadion talashishi siz kutgan azartni keltirib chiqarishi tabiiy. «Derbi Della Madonnina» uchun bundan ortig‘ini tasavvur qilish qiyin.

Rasmiylikka murojaat qilsak, «Milan» bu yerdagi ilk o‘yinini 1926 yilda o‘tkazgan bo‘lsa, «Inter»ga ushbu huquq 1947 yili tekkan. 1926 yil, ya’ni «San Siro» qurilgunga qadar bu ikki klub boshqa-boshqa stadionda o‘ynagan. 1899 yili «Milan»ga kriket va futbol guruh egasi Alfred Edvards ismli shaxs tomonidan asos solingan. Ikki yil ichida «rossonerilar» ilk chempionliklarini qo‘lga kiritgan. 1908 yilda «Milan» xorijiy futbolchilar bilan shartnoma imzolashni boshlagan zahoti klub ikkiga bo‘lindi va «Inter» ajralib chiqdi. «Inter» dastlab o‘z uy o‘yinlarini noma’lum maydonda o‘tkazgan, biroq uning holati talabga javob bermagach, Milan shahri rasmiylari «Sivicha» arenadan foydalanib turishga ruxsat berdi.

1913 yili yangi o‘yingoh qurib bitkazilganiga qaramay negadir «Inter» «Sivicha»dan voz kechmadi. 1947 yilda esa «San Siro»ni bo‘lish to‘g‘risida bitim imzolandi. Ushbu stadion 1934 yilgi JCHning 3 ta bahsiga ham mezbonlik qilgan. 1950-80 yillar oralig‘ida bu yerda qayta ta’mirlash ishlari o‘tkazilgan bo‘lib, hozirda 80,018 tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi va mamlakatning eng katta arenasiga aylangan. 1980 yili har ikkala jamoa uchun ham o‘ynagan mashhur futbolchi Juzeppe Meassa sharafiga stadionga ushbu futbolchining nomi ham berilgan. O‘zi umuman olganda, «Inter» va «Milan»da to‘p tepgan o‘yinchilar talaygina: Kaka, Pirlo, Badjo...

Kelajak. «San Siro»ning yonida 60 ming sig‘imli yana bir stadion qurilishi rejalashtirilgan. Bu asosiy arenadan 20 mingcha kamroq. Chunki bir shaharning muxlislarini ikki stadionga muvofiq taqsimlash albatta, imkonsiz. Shunga qaramay, «San Siro»ning kelajagi hali ham noma’lumligicha qolmoqda.

 

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi 

Kiritildi: 07:58, 09.05.2023.
O'qildi: 2552 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.