Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Finaldan oldingi final. Bugungi o‘yin uchun prevyu

Finaldan oldingi final. Bugungi o‘yin uchun prevyu

Baho:
+ | -

O‘zaro o‘yinlar

Mazkur raqiblar 2012 yildan boshlab hisoblasak, barcha turnirlarda 10 marta to‘qnash kelishgan. Shundan 4 tasida madridliklar, 4 tasida "shaharliklar" g‘alaba qozongan. Yana 2 bahsda g‘olib aniqlanmagan. Ko‘rinib turibdiki, Madriddagi o‘yinning oradagi ko‘rsatkichga ta’siri katta.

Jamoalarning hozirgi holati

Kutilayotgan bahs mezboni "Real" Madrid so‘nggi 5 ta uchrashuvda 3 ta g‘alaba 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan. E’tiborlisi, oxirgi o‘yinda Rodrigoning dubli evaziga "Osasuna" ustidan zafar quchib, Ispaniya Kubogi sohibiga aylandi.

"Manchester Siti" esa, so‘nggi 5 ta bahsning hammasini g‘alaba bilan tugatdi. "Shaharliklar" APL turnir jadvalidagi asosiy raqibi "Arsenal"ni o‘z uyida 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va chempionlikka juda yaqinlashib oldi.

Ikki klubning asosiy "qurollari"

"Qirollik klubi"ning hozirgi kunda eng asosiy futbolchisi deya ko‘pchilik tomontdan baribir Karim Benzema ko‘rsatilmoqda. Ammo, Vinisius, Rodrigo hamda Asensio kabi futbolchilar ham asta-sekin jamoaning muhim o‘yinchilari safiga kirib boryapti. Ayniqsa, Rodrigo oxirgi 5 ta o‘yinda 3 gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

"Manchester Siti" tarkibida esa, asosiy futbolchi, shubhasiz, "gol mashinasi" Erling Xoland. Sababini tushintirishga hojat yo‘q. Norvegiyalik so‘nggi 5 o‘yinda 3 ta gol va 2 ta assist muallifiga aylandi. Shuningdek, bir mavsumda gol urish bo‘yicha ilk mavsumidayoq afsonaviy Alan Shirerni ortda qoldirib Prem’er Liga rekordini o‘rnatdi. "Shaharliklar" safida oxirgi o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatayotgan yana bir futbolchi bor - bu Riyad Mahrez. Jazoirlik so‘nggi 5 o‘yinda 3 ta gol 4 ta assist qayd etdi.

Futbolchi va murabbiylar fikrlari

"Real" Madrid klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti: "O‘tgan mavsumda o‘z darvozamizdan 5 ta gol o‘tkazib yubordik va 6 ta gol kiritdik. Takrorlaysizmi? Men qarshi emasman.
"Manchester Siti" bu yil ancha to‘liqroq jamoa. Ular himoyada juda yaxshi tashkillashtirilgan va to‘p bilan yaxshi o‘ynashadi. Hozir biz yanada hayajondamiz".

Hujumchi Rodrigo: "Asosan kiyinish xonasida biz Xoland haqida gaplashamiz. U ko‘p gol uradi va uni qanday qilib to‘xtatishni hech kim bilmaydi. Umid qilamanki, u bizga gol urmaydi”.

 

 

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri: "Futbol qasos olish imkoniyatini beradi ("Manchester Siti" so‘nggi Chempionlar ligasining yarim finalida "Real"dan uchralgan mag‘lubiyat evaziga turnirni tark etgandi - muallif). Har doim o‘tmishdagi tajribadan o‘rganish mumkin. Biz yangi motivasiya bilan kurashish uchun yana shu yerdamiz. Bu yil yaxshi ishlayapmiz".

Yo‘qotishlar

O‘yin oldidan ikki jamoa tarkibida bir qancha yo‘qotishar mavjud. Madridliklar safida bir necha uchrashuvlarni asosiy tarkibda boshlagan Dani Sebalyos, Ferlan Mendi kabi futbolchilar, "shaharliklar tarkibida esa, Natan Ake Madriddagi ilk bahsni jarohat sabab o‘tkazib yuborishadi.

Taxminiy tarkiblar

"Real" Madrid: Kurtua, Kamavinga, Alaba, Ryudiger, Karvaxal, Modrich, Kroos, Valverde, Vinisius, Rodrigo, Benzema.

"Manchester Siti":Ederson, Akanji, Uoker, Diash, Stouns, Rodri, Grilish, Gyundogan, De Bryuyne, Bernardu, Xoland.

 

Xo‘sh, "Qirollik klubi" hammasini o‘z maydonida hal qilib, mehmondagi bahs uchun o‘ziga imkon yarata oladimi? Yoki, "shaharliklar" Madridning o‘zidayoq barchasiga nuqta qo‘yadimi? Mazkur savollarimizga bugun 10 mayga o‘tar kechasi "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tadigan YECHL yarim final ilk bahsidan so‘ng javob olamiz. Birinchi o‘yin bo‘lishiga qaramay futbol muxlislarini shiddatli uchrashuv kutmoqda!

Manba: std.uz
Kiritildi: 10:22, 09.05.2023.
O'qildi: 4113 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.