Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Alemani "Aston Villa"ga uchta ispaniyalikni taklif qilmoqchi

Alemani "Aston Villa"ga uchta ispaniyalikni taklif qilmoqchi

Baho:
+ | -

"Aston Villa"ning yangi sport direktori Mateu Alemani jamoani kuchaytirish uchun bir nechta nomzodlarni aniqlab bo‘ldi. Diario AS xabariga ko‘ra, mutaxassisning nomzodlar ro‘yxatidan "Real" yarim himoyachisi Marko Asensio, "Vilyarreal" yarim himoyachisi Aleks Bayena va "Barselona" hujumchisi Ferran Torreslar bor.

Asensio mavsum oxirida "Real" bilan shartnomasini yangilamasa, erkin agentga aylanishi mumkin, ammo Markoning "Aston Villa"ga o‘tishga rozi bo‘lishi hali aniq emas. Bayena ilgari Unai Emeri qo‘l ostida "Vilyarreal"da o‘ynagan, shuning uchun menejer bilan tanishish shartnomani yopishga yordam berishi mumkin edi. Torresga kelsak, "Barselona" Ferranni sotmoqchi, futbolchining o‘zi esa Premyer-ligaga qaytishga qarshi emasdek.

Kiritildi: 13:53, 13.05.2023.
O'qildi: 1797 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик