Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Silva rejalari haqida gapirdi

Silva rejalari haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"Chelsi" himoyachisi Tiago Silva faoliyatini "Fluminense"da davom ettirishi haqidagi xabarga izoh berdi.

“Men va "Fluminense" o‘rtasida hech narsa yo‘q. Shartnomamni uzaytirdim, chunki “Chelsi”da qolmoqchiman. Men hatto xotinimga bu mish-mishlar va "Fluminense" boshqaruv kengashi bilan uchrashuv haqida hech narsa bilmasligimni aytdim. Men har doim o‘z shartnomalarimni hurmat qilganman", — deya Silva so‘zlarini keltiradi ESPN.

Avvalroq, 38 yoshli braziliyalik futbolchi yana bir yil o‘zi tarbiya topgan klubida o‘ynab, faoliyatini "Fluminense"da yakunlamoqchi ekani xabar qilingandi.

Silva joriy mavsumda barcha turnirlarda 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 07:23, 14.05.2023.
O'qildi: 820 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик