Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Valverde "Real" safida yubiley o‘yinini o‘tkazdi

Valverde "Real" safida yubiley o‘yinini o‘tkazdi

Baho:
+ | -

"Real" yarim himoyachisi Federiko Valverde "qirollik klubi" safidagi 200-uchrashuvini o‘tkazdi.

Bu Ispaniya chempionatining 34-turidan o‘rin olgan "Xetafe"ga qarshi o‘yinda (1:0) yuz berdi.

Yarim himoyachi "qaymoqranglilar" safida Xose Santamariyadan (337) keyin 200 ta o‘yin o‘tkazgan ikkinchi urugvaylik futbolchiga aylandi.

24 yoshli futbolchi 2016 yilda “Real”ga “Penyarol”dan 5 million yevro evaziga sotib olingan, biroq 2018 yildagina asosiy jamoada debyut qilgandi.

Fede shu vaqt ichida jamoa safida 18 ta gol va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:02, 14.05.2023.
O'qildi: 1336 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик