Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Eriksen: "Manchester Yunayted" qolgan barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonishni xohlaydi"

Eriksen: "Manchester Yunayted" qolgan barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonishni xohlaydi"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kristian Eriksen navbatdagi Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurash haqida gapirdi.

“Biz o‘z uyimizda mehmondan ko‘ra yaxshiroq o‘ynaymiz. Keyingi mavsumda mehmonda g‘alaba qozonsak, ajoyib mavsum bo‘ladi. Ikki uchrashuvda mag‘lub bo‘ldik, ammo endi “Vulverxempton”ga qarshi o‘yinda xarakterimizni ko‘rsatdik. Biz qolgan uchta o‘yinda ham g‘alaba qozonishni istaymiz", - deya Eriksenning so‘zlarini keltiradi "qizil iblislar" rasmiy sayti.

Chempionlar ligasiga kafolatlangan yo‘llanma uchun “Manchester Yunayted” mumkin bo‘lgan to‘qqiz ochkodan olti ochko to‘plashi kerak. Premyer-ligada Erik Teg Xeg shogirdlari "Bornmut" (safarda), "Chelsi" va "Fulxem" (ikkalasi ham uyda) bilan o‘ynashadi.

Kiritildi: 17:38, 14.05.2023.
O'qildi: 1652 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик