Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/10 00:00 Real Madrid 1-0 Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK 2-2 Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor - Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor - Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Samvel Babayan: «Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, g‘alaba bu — g‘alaba!»

Samvel Babayan: «Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, g‘alaba bu — g‘alaba!»

Baho:
+ | -

Superliga 10-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Surxon” (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Vyacheslavovich Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

Samvel Vyacheslavovich o‘z so‘zini odatdagidek o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

— Barchaga xayrli kun! Bugun uchrashuvning shu tarzda kechishi kutilgandi. Boisi, jamoamizning maydon markazi va tayanch nuqtasida yo‘qotishlar bor edi. Shu sababli ham markaziy himoyachimiz tayanch nuqtasida harakat qildi. Shuning uchun ham o‘yinda asabbuzarlik yuzaga keldi. Umuman olganda, yigitlarga  o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Uchrashuv davomida ko‘plab hujumlar uyushtirdik, o‘yinni ham nazorat qildik. Shu bois, fikrimcha, mazkur bahsda bu kabi asabbuzarliklar vujudga kelmasligi, biz o‘yin taqdirini ancha erta hal qilishimiz lozim edi. Keyingi bahsda jarohatlangan va diskvalifikasiyadagi barcha futbolchilar safga qaytishadi. Optimal tarkibni maydonga tushirishishga harakat qilamiz. Sifatliroq o‘yin ko‘rsatishga umid qilamiz. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, g‘alaba bu g‘alaba. Muxlislarimizni bugungi yutuq tabriklayman.

— Jamoani jismoniy tayyorgarligida biroz muammolar borga o‘xshayapti...
— Gapingizga umuman qo‘shilmayman. Sababi, biz bitta to‘p farqi bilan g‘alaba qozondik. Bu vaziyatda mantiqan olganda, himoyada o‘ynashimiz kerak edi. Biroq, biz bu holatda ham hujumga intildik. Bu jamoa ruhan va jismonan tayyorligini bildiradi. Shu sabab ham fikringizga qo‘shila olmayman.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 05:54, 15.05.2023.
O'qildi: 1397 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик