Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

"MYU" Osimxen uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda

"MYU" Osimxen uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda

Baho:
+ | -

"Chelsi" "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxenga qiziqish bildirmoqda.

Il Mattino nashri xabariga ko‘ra, Osimxen to‘liq tarkibda o‘ynagan "Napoli" - "Monsa" (0:2) uchrashuviga "Chelsi" skautlarining ikki a’zosi tashrif buyurgan. Qayd etilishicha, hujumchining bu o‘yindagi harakatlari "Chelsi" skautlarida unchalik taassurot qoldirmadi.

Shunga qaramay, London klubi allaqachon hujumchi transferi ustida ishlamoqda. Ayni vaqtda uning uchun kurashda "Manchester Yunayted" yetakchilik qilayotgani xabar qilingan.

"MYU" o‘tgan yilning avgust oyida "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis bilan bog‘langan edi, ammo o‘shandan beri "Chelsi", "Nyukasl" va "PSJ" Osimxen uchun kurashga qo‘shildi. De Laurentis Parij prezidenti Nosir Al-Xelayfi bilan yaxshi munosabatda. Fabian Ruis, Edinson Kavani va Esekiel Lavesi neapolliklar klubidan "PSJ"ga o‘tishgan.

De Laurentis Osimxen bilan shartnomani uzaytirmoqchi bo‘lishi mumkin, ammo uning "Napoli"dagi maoshi unchalik yuqori bo‘lmaydi.

Klub Osimxenga "katta" taklif tushsa, uni sotadi. Agentlar allaqachon mumkin bo‘lgan kelishuv ustida ishlamoqda. Xuddi shu vositachilar "Napoli" himoyachisi Kim Min Chjeni "MYU"ga o‘tkazish ustida ham ishlashmoqda.

24 yoshli hujumchi joriy mavsumda "Napoli" safida barcha turnirlar doirasida 36 o‘yinda maydonga tushib, 28 gol va 4 golga assistentlik qildi.

Kiritildi: 15:24, 15.05.2023.
O'qildi: 2391 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик