Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika - Real Madrid
18/02 01:00 Monako - PSJ
18/02 01:00 Borussiya D - Atalanta

Lyoris 11 yillik faoliyatdan so‘ng "Tottenxem"ni tark etmoqchi

Lyoris 11 yillik faoliyatdan so‘ng "Tottenxem"ni tark etmoqchi

Baho:
+ | -

Ugo Lyoris klubdagi 11 yillik faoliyatidan so‘ng "Tottenxem"ni tark etadi.

L’Équipe nashri xabariga ko‘ra, darvozabon mavsum oxirida London klubini tark etish niyatida. Uning "Tottenxem" bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan, ammo klub Lyorisga faoliyatini davom ettirishning mumkin bo‘lgan variantlarini ko‘rib chiqishga imkon beradi.

Manbaga ko‘ra, Ugo 2022 yilgi jahon chempionatidan keyin ruhiy jihatdan charchagan. "Tottenxem"ning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Antonio Konte Lyorisdan 24 dekabr kuni – Fransiya terma jamoasi JCH-2022 finalidagi mag‘lubiyatdan 6 kun o‘tib mashg‘ulotlarga qaytishni so‘radi.

Qayd etilishicha, Lyoris faoliyatini yakunlash niyatida emas.

Avvalroq 36 yoshli darvozabonga Saudiya klubidan maoshi 3 baravar oshirilgan holda taklif tushgani haqida xabar berilgandi. "Tottenxem"da u haftasiga 100 ming funt maosh oladi.

May oyi boshida Lyoris jarohati tufayli mavsum oxirigacha safdan chiqqan edi.

Kiritildi: 16:09, 15.05.2023.
O'qildi: 949 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.