Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli 1-1 Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem

So‘nggi tur natijalaridan keyin superkompyuter yana ishga kirishdi. Bu safar intriga YECHL uchun "MYU" va "Liverpul" o‘rtasida kechadi

So‘nggi tur natijalaridan keyin superkompyuter yana ishga kirishdi. Bu safar intriga YECHL uchun "MYU" va "Liverpul" o‘rtasida kechadi

Baho:
+ | -

Premyer-liga o‘zining eng qizg‘in pallasidan o‘tmoqda. Biz so‘nggi to‘rt-besh hafta davomida olovli kechgan chempionlik, kuchli to‘rtlik va APLda qolish uchun kurashlarga guvohi bo‘ldik. So‘nggi tur titul kurashida kuchli burilish yasadi. Xususan, "Arsenal"ning o‘z uyidagi "Brayton"ga uchragan mag‘lubiyati, bu jamoani chempionlik poygasidan butunlay chiqib ketishiga olib keldi. Aksincha holat, "Manchester Siti" bilan kuzatildi. "Shaharliklar" safarda "Everton" ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonib, chempionlik uchun katta qadam tashlashga muvaffaq bo‘lgan edi.

Boshqa bir tomonda Erik ten Xag boshchiligidagi "Manchester Yunayted" klubi o‘z uyida "Vulverxempton"ni taslim etdi. 2-0 hisobi bilan tugagan o‘yin, "MYU"ni YECHL futboliga yanada yaqinlashtirdi. Bu uchrashuv natijasi, o‘z navbatida, "Liverpul"ga bosim yuklaydi. Endilikda, Yurgen Klopp shogirdlari kurashdan chiqib ketmaslik uchun "Lester Siti"ni mag‘lub qilishi kerak. Mersisaydliklarning YECHLdan umidi bo‘lsa, qolgan barcha bahslarda g‘alaba qozonib, "MYU"ga raqobat uyushtirib ko‘rishi lozim bo‘ladi.
Jadval pastida Chempionshipga ravona bo‘ladigan dastlabki jamoa nomi aniq bo‘lib ulgurdi. Unga ko‘ra, "Sautgempton" keyingi mavsumni APLda o‘tkazmaydi. "Avliyolar" so‘nggi turda "Fulxem"ga 2-0 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Shuningdek, "Lids" va "Nottingem" qayd etgan durang natijalar, ularning jon saqlab qolish masalalarini yanada og‘irlashtirib qo‘ydi.

Yakuniy jadval qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi?

Superkompyuter bu borada o‘z taxminlarini yangiladi. Yuqori texnologiyaga asoslangan qurilma 28 may, so‘nggi turdan keyin turnir jadvalidagi ahvolni bashorat qildi. Unga ko‘ra, "Manchester Siti" yetakchilikni qo‘ldan boy bermay, eng yaqin ta’qibchisi bo‘lgan "Arsenal"ni 5.2 ochko farq bilan ortda qoldiradi va chempion bo‘ladi. Kuchli to‘rtlikda ham o‘zgarish bo‘lishi qayd etilgan. Jumladan, "Manchester Yunayted" so‘nggi turlardan keyin "Nyukasl"ni quvib o‘tadi va uchinchi o‘rinni egallaydi. Bu ikki jamoa o‘rtasidagi farq bor-yo‘g‘i 0.1 ochko bo‘lishi taxmin qilingan.

Yuqoridagi ma’lumotlardan xulosa qilish mumkinki, "Liverpul" yangi mavsumda YECHLda ishtirok etmaydi. Mersisaydliklar beshinchi o‘rin bilan Yevropa ligasida qatnashadi. APLdan "Brayton" ham ayni turnirda ishtirok etishi taxmin qilingan. "Tottenxem" esa yakunda yettinchi pog‘onani band etgan holda, YEKLda yana bir bor o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘radi. Oxirgi paytlarda fantastik sport formasiga kirgan "Aston Villa", oxir-oqibat yevrokuboklardan bebahra qoladi.
Jadvalning pastki qismida "Lids" va "Lester" Chempionshipga ravona bo‘lishi kutilmoqda. Ularni "Sautgempton"ning taqdiri kutmoqda. "Everton" va "Nottingem" esa bir amallab ligada jon saqlab qoladi. Jadvalning o‘rta qismida ham biroz o‘zgarish bo‘lib, u yerda "Chelsi" 11 o‘rindan pastroqqa, 12 pog‘onaga siljishi mumkin. Londonliklarni, o‘z qo‘shnisi bo‘lgan "Kristal Pelas" quvib o‘tadi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 16:50, 15.05.2023.
O'qildi: 6049 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.