Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/07 23:59 Angliya 1-2 Argentina

"Bavariya" va "PSJ" "Arsenal" yulduzi uchun kurash olib boradigan bo‘ldi

"Bavariya" va "PSJ" "Arsenal" yulduzi uchun kurash olib boradigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Bavariya" va "PSJ" "Arsenal" yarim himoyachisi Martin Edegor uchun kurashadi. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.

Manba bergan xabarga ko‘ra, 24 yoshli norvegiyalik futbolchini o‘z safiga har ikki klub ham qo‘shib olmoqchi. Qayd etilishicha, transfer yozda amalga oshishi mumkin.

Edegorning "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Norvegiya terma jamoasi futbolchisini 80 million yevroga baholamoqda.

Edegor joriy mavsumda Premyer-ligada 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi 2021 yildan beri "kanonirlar" sharafini himoya qilib kelmoqda. U avvalroq "Real Sosyedad", Niderlandiyaning "Vitess" va Madridning "Real" klublarida to‘p surgan.

Kiritildi: 16:16, 16.05.2023.
O'qildi: 2018 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик