Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

"Barselona" Ansu Fatini Martin Edegor transferi uchun "Arsenal"ga taklif qilishga tayyor

"Barselona" Ansu Fatini Martin Edegor transferi uchun "Arsenal"ga taklif qilishga tayyor

Baho:
+ | -

"Barselona" hujumchisi Ansu Fatini "Arsenal" yarim himoyachisi Martin Edegorga almashtirishga tayyor.

El Nacional xabariga ko‘ra, Kataloniya jamoasi prezidenti Joan Laporta 20 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan xayrlashishni istamaydi, biroq norvegiyalik yarim himoyachini o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan transferga rozi bo‘lishga tayyor.

Avvalroq, London klubining 24 yoshli yarim himoyachisiga "Bavariya" va "PSJ" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi. Uning "Arsenal" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Edegor avvalroq “Real”da o‘ynagan.

Martin joriy mavsumda “kanonirlar” safida barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 80 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 07:06, 17.05.2023.
O'qildi: 2354 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик