Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Arablar taslim bo‘lmoqchi emas: Shayx Yassim "MYU"ni sotib olish uchun eng so‘nggi taklifini kiritdi

Arablar taslim bo‘lmoqchi emas: Shayx Yassim "MYU"ni sotib olish uchun eng so‘nggi taklifini kiritdi

Baho:
+ | -

Qatarlik yirik sarmoyadorlardan biri bo‘lgan Shayx Yassim "Manchester Yunayted"ni sotib olish uchun hal qiluvchi taklif bilan chiqdi. Garchand Ser Jim Retkliffning "Ineos" korporasiyasi klubni sotib olishda yetakchi nomzod bo‘lsa ham, qatarliklar kurashda osonlikcha taslim bo‘lishni istamayapti. Buyuk Britaniyadan xaridor sifatida yagona vakil bo‘lgan Jim Retkliff bergan loyihada, "Ineos" klub aksiyalarining katta qismini sotib oladi. Amaldagi ega, Gleyzerlar xonadoni esa aksiyaning bir qismini o‘z hisobini olib qoladi. Ammo bu holat "MYU" muxlislari tomonidan salbiy ravishda qabul qilinishi aytilgan.

Shayx Yassim bin Xamad Al-Tani janoblari "qizil iblislar"ni tag-tugi bilan sotib olishni istaydi. Shu maqsadda u o‘z taklifiga ayrim bo‘limlarni ilova qildi. Shayx klubni 100 foizlik nisbatda sotib olib qolmasdan, uni barcha qarzlardan qutqaradi. Moddiy-texnik bazani yangilaydi. Afsuski, bu yerda masalaning boshqa tarafi ham bor. Shayx taklif etayotgan summa R etkliffnikiga qaraganda kamroqdir. Ya’ni, Al-Tani janoblari uzog‘i bilan "Manchester Yunayted"ga 5 milliard funt sarflay oladi xolos. Ser Jim esa 6 milliard to‘lash istagini bildirgan. Ammo qatarlik boy "MYU"ni tӯla-tӯkis sotib oladi.

Klub ichidagi insayderlarning ta’kidlashicha, Shayxning taklifi dastlabkisiga qaraganda ancha yaxshilangan. Ammo Gleyzerlar belgilagan narxdan ancha pastda turibdi.
Agarda qatarliklar g‘alaba qozonib, klubni sotib olsa, Neymar "PSJ"dan olib kelinadi. Shayx Yassimning so‘nggi taklifi klub direktori Avram Gleyzer bilan muhokama qilingan. Amerikalikni odamlar qatarliklar mehmonxonasidan chiqib ketayotganda ko‘rishgan. "Mirror" nashrida chop etilgan rasmda Gleyzerlar vakili Qatarning "Claridge" mehmonxonasini tark etayotgani tasvirlanadi. Ushbu mehmonxona Maybourne Hotel Group tarkibiga kiradi. Bu kompaniyaga esa Shayx Yassimning otasi Hamad bin Yassim bin Jobir Al-Tani boshchilik qiladi.

Besh oydan beri "MYU" savdosi borasida bir qarorga kelinmayapti. Hozirgacha har ikki tomon o‘z taliflarini uch marta bildirib ko‘rdi. Garchand klub sotuvga qo‘yilgan bo‘lsa ham, hali ham bu boradagi biznes davom etayotganday ko‘rinadi.
Talabgorlarni yana bir bor eslatib o‘tamiz.
Bir tomonda britaniyalik biznesmen, "Ineos" neft-kimyo birlashmasi raisi Ser Jim Retkliff, ikkinchisida esa qatarlik yirik bankir Shayx Yassim bin Hamad At-Tani turibdi. Gleyzerlar shu ikkisi ichidan birini tanlashi kerak. Savdo-sotiq masalasida AQSHning "Raine Group" kompaniyasi ishlamoqda. Yakuniy qaror bir necha kun ichida e’lon qilinadi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 17:34, 17.05.2023.
O'qildi: 3549 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.