Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Tuxel angliyalik yarim himoya yulduzini "Bavariya"da ko‘rishni istamoqda, ammo...

Tuxel angliyalik yarim himoya yulduzini "Bavariya"da ko‘rishni istamoqda, ammo...

Baho:
+ | -

"Bavariya" bosh murabbiyi "Vest Xem" sardori Deklan Raysni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. Jurnalist Kristian Falkning yozishicha, nemis mutaxassisi rahbariyatga 24 yoshli ingliz futbolchisi bilan shartnoma imzolashni tavsiya qilmoqda.

Manbaga ko‘ra, "Bavariya" rahbariyati futbolchi uchun kurashda g‘alaba qozonish nihoyatda qiyin bo‘lishini tushunib turibdi. Londonning “Arsenal” klubi ayni damda “Chelsi” va “Manchester Yunayted”ni ortda qoldirib, kurashda peshqadamlik qilmoqda. Futbolchining Angliya Premyer-ligasida qolish istagidan tashqari, Rays uchun 135 million yevro so‘rayotgan “Vest Xem”ning moliyaviy talablari ham vaziyatni murakkablashtirmoqda.

Deklanning "bolg‘achilar" bilan shartnomasi tugashiga bir yil qoldi. Tuxel “Chelsi”ni boshqarayotganda ham Rays bilan shartnoma imzolamoqchi bo‘lgandi.

Kiritildi: 18:16, 17.05.2023.
O'qildi: 1366 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик