Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

"Arsenal" keyingi mavsumda yana ikkita "Manchester Siti" futbolchisini keltirmoqchi. Mikel Arteta yangi tarkibni qay yo‘sinda shakllantiradi?

"Arsenal" keyingi mavsumda yana ikkita "Manchester Siti" futbolchisini keltirmoqchi. Mikel Arteta yangi tarkibni qay yo‘sinda shakllantiradi?

Baho:
+ | -

"Arsenal" o‘zi uchun dramatik yakun topayotgan mavsumdagi xatolarini qayta ko‘rib chiqishi kerak. Jamoa o‘z kamchiliklarini to‘g‘irlashga kirisha boshladi. Mikel Arteta yangi mavsum uchun yangi rejalar va chempionlik odimlarini o‘ylayapti. Buning uchun tarkibni yanada kuchaytirish lozim. Shu maqsadda "Arsenal" yana ikkita "Manchester Siti" yulduzini xarid qiladi. Undan tashqari Deklan Rays ham rejada mavjud.
Jamoa 2004 yildan beri ilk marta chempion bo‘lish imkoniyatlarini "Brayton" bilan bahsda boy bergandi. Shok mag‘lubiyat "Manchester Siti"ning imkoniyatlarini yanada oshirib yubordi. Endilikda Gvardiola jamoasi shanba kungi "Chelsi" bilan o‘yinda chempionlikni rasmiylashtirishi mumkin.

Mikel Arteta hammasini boshidan boshlaydi. Keyingi mavsum uchun jiddiyroq qayg‘urish zarur. "Arsenal" qo‘lida allaqachon ikkita sobiq "Etihad" yulduzlari bor. So‘nggi xabarlarga ko‘ra esa to‘pchilar yozda yana "Manchester Siti"ga yuzlanadi. Ular manchesterliklardan yana ikkita futbolchi xarid qilishni maqsad qilgan. Shulardan birinchisi Joau Kanseludir. U ayni paytda "Bavariya" safida ijara asosida to‘p surmoqda. Garchand uning "shaharliklar" uchun foydasi beqiyos bo‘lsada, Gvardiola uni ijaraga berib yuborgandi. 28 yoshli futbolchiga yozda "Manchester Siti" safida joy topilishi qiyindek ko‘rinmoqda. Bu esa "Arsenal" uchun yaxshi imkon. Kanselu uchun kurashib ko‘rsa arziydi.

Yana bir "Manchester Siti" yulduzi "Arsenal" radariga tushgan. U Ilkay Gyundogandir. 32 yoshli yarim himoyachi Arteta jamoasi uchun o‘ta foydali xarid bo‘lgan bo‘lardi. Nemis futbolchisi buni maydondagi harakatlari bilan isbotlab kelmoqda. Gyundogan yozda erkin agentga aylanadi. U o‘z jamoasi bilan yangi bitim imzolamasligini bildirgan edi. Garchand Gyundoganga "Barselona" qiziqish bilan qarayotgan bo‘lsada, kataloniyaliklarning unga to‘laydigan puli yo‘q. Qolaversa, ular hozir hamma e’tiborini Lionel Messini qaytarishga qaratgan. Bu esa "Arsenal" uchun yaxshi imkoniyat demakdir.
Vanihoyat, "Arsenal" bu yozda o‘z tarixidagi eng katta transferni amalga oshirishi mumkin. Klub "Vest Xem" sardori va Angliya terma jamoasi a’zosi Deklan Raysni o‘ziniki qilmoqchi. Hozirgacha "Arsenal" rekord darajada 72 million funtni, 2019 yilda Nikolya Pepega sarf etgandi. Rays bu borada yangi rekordga sabab bo‘ladi. "Arsenal" u uchun 90 million funtdan voz kechishga tayyor ekanini bildirgan. Granit Jakaning jamoadan ketishi, Tomas Parti va Jorjinyolarning taqdiri noma’lum ekanligi, "Arsenal" oldiga yarim himoya masalasini ko‘ndalang qo‘ymoqda. Deklan Rays YECHLda o‘ynashni orzu qiladi. "Arsenal" unga bu imkoniyatni taqdim eta oladi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 23:41, 17.05.2023.
O'qildi: 3375 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.