Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Timur Kapadze: «Olimpiya» safida yaxshi futbolchilar bor ekan»

Timur Kapadze: «Olimpiya» safida yaxshi futbolchilar bor ekan»

Baho:
+ | -

"Olimpik" hamda "Olimpiya" klublari o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 2-tur o‘yinidan (3:0) so‘ng jamoamiz ustozi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Jamoamizni g‘alaba bilan tabriklayman. Ikkala jamoa yaxshi harakat qildi. Yomg‘ir o‘yinga biroz ta’sir qildi deb o‘ylayman, ammo ikkala tomon ham futboldan zavq oldi, deb o‘ylayman. Bugungi bahsda 3 tadan ko‘proq gol urishimiz mumkin edi. «Olimpiya» safida yaxshi futbolchilar bor ekan. Ular jamoa bo‘lib yaxshi harakat qilishdi. Biz esa navbatdagi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz.

— Raqib futbolchilari ancha kichik, shogirdlaringizni bu bahsga qanday tayyorladingiz?
— «Olimpiya» «Navbahor» bilan yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, bugun ham shunday bo‘ladi deb o‘yladik. Raqibga past baho bermaslik kerak. Imkoniyatimiz darajasida o‘ynadik. Bizning va ularning vazifasi boshqa. «Olimpiya»da motivasiya katta bo‘lishini, o‘zini ko‘rsatishga urinishini tushinib turgan edik. Kimdadir o‘ziga haddan tashqari ishonch bo‘lgandir, lekin raqibga past baho berganimiz yo‘q.

Ha, ba’zi joylarda to‘pni ko‘p ushlab qolib, xatolarga yo‘l qo‘ydik. O‘yinni xotirjam o‘tkazsak bo‘lardi, biroq yigitlar biroz shoshishdi yoki noodatiy paslar berishga urinishdi. O‘yin biz va raqib uchun foydali bo‘ldi. Chunki «Olimpiya» boshqacha himoyalandi — himoyaga to‘liq yotib olmay, ikkinchi zonada kutib olishdi. Shu sababli bizda pas berish uchun hududlar paydo bo‘ldi.

— «Olimpiya» safida yaxshi futbolchilar bor dedingiz, ulardan birortasini «Olimpik» safiga qo‘shib olish niyatingiz bormi?
— Nafaqat «Olimpiya», boshqa joylardagi iqtidorli yigitlarga ham imkoniyat bersa bo‘ladi. Hammaga bir xil qaraymiz. Ularning asosiy futbolchilari terma jamoa safida. Agar yaxshi yigitlar bo‘lsa sinab ko‘ramiz. Bu borada Odil Ahmedov bilan kelisha olamiz deb o‘ylayman.

— May oyida jamoangizni «Neftchi» va «Navbahor»ga qarshi ikki og‘ir o‘yinlar kutib turibdi. Bu to‘qnashuvlarga qanday tayyorgarlik ko‘ryapsiz?
— Bugundan tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz. «Olimpiya»ga qarshi bahsni tayyorgarlik emas, o‘yin amaliyoti degan bo‘lardim. Yigitlar bilan bizni ikkita muhim o‘yin kutib turganini muhokama qilgan edik. Ertaga tiklanish, meyin 2 kun «Neftchi» bilan bahsga tayyorlanamiz. Ular nima qilishini taxminan bilamiz. Ko‘ramiz, o‘sha kuni qanday o‘yin namoyish etarkanmiz.

Manba: fcolympic.uz
Kiritildi: 09:48, 18.05.2023.
O'qildi: 1335 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.