Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Pep Gvardiola va uning jamoasi: treblgacha uch qadam qoldi – "Chelsi", "MYU" va "Inter"

Pep Gvardiola va uning jamoasi: treblgacha uch qadam qoldi – "Chelsi", "MYU" va "Inter"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" "Real"ni o‘z maydonida tor-mor etib, Istanbuldagi finalga yo‘l oldi. Endilikda, bu jamoadan o‘z qo‘shnisi bo‘lgan "MYU"ning 1999 yildagi natijasini takrorlash uchun faqatgina uchta o‘yinda g‘alaba qozonishi talab etiladi. Bu haqida Gvardiola shunday degan edi: "Biz sovrin yutmoqchimiz. Shogirdlarim faqat shu haqida o‘ylamoqda. Bizga uchta sovrin uchun uchta bahsda g‘alaba kerak xolos. Buni qila olamiz. APLda bitta g‘alaba kifoya bo‘lsa, kubokda o‘z qo‘shnilarimizga qarshi chiqamiz. YECHLda bizni italyan jamoasi kutib turibdi. Men "Inter"ga qarshi bahsdan rohat olaman. Negaki, ular juda kuchli".

Bundan uch yil oldin Portugaliyada "Manchester Siti" "Chelsi"ga kichik hisobda imkoniyatni boy bergandi. Endi esa ularga APL chempioni bo‘lish uchun "Chelsi" ustidan qozoniladigan g‘alaba zarur. Bu orqali "shaharliklar" so‘nggi olti yildagi beshinchi titulini qo‘lga kiritadi. Keyingi final "MYU"ga qarshi 3 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Oradan bir hafta o‘tgach esa, ularni YECHLdagi final kutadi. Bu haqida Gvardiola alohida fikr bildirib o‘tdi: "Biz APLni tezroq qo‘lga kiritib, "MYU" va "Inter" bilan to‘qnashuvga tayyorgarlik ko‘rishni boshlashimiz lozim. Bizni Angliyadagi chempionlikdan birgina o‘yin ajratib turibdi. Uch yilda ikkinchi marta YECHL finaligacha yetib keldik. O‘ylaymanki, biz erishgan daraja – aqlbovar qilmas. "Manchester Siti" bajargan ishni hozirda boshqa jamoalar amalga oshirishi juda qiyin masala".

"Real"ga qarshi zafar bilan Gvardiola YECHL tarixida eng tez 100 ta g‘alabaga erishgan murabbiyga aylandi. Ispaniyalik mutaxassisning fikricha, bu o‘tgan mavsumdagi mag‘lubiyatning alamidir. U shunday deydi: "So‘nggi kunlarda kuchli raqibni mag‘lub etish borasida ko‘plab rejalar tuzdik. O‘yinning dastlabki 10-15 daqiqasida o‘tgan mavsumdagi og‘riqni his qildim. Biz zahar ichishimiz kerak edi va shunday qildik. Ammo bizda unga qarshi hapdori ham mavjud edi. Sport shunaqa narsa. U sizga qasos olish imkoniyatini doimo beradi. Faqat undan foydalanishni bilish kerak. Men shogirdlarimning darajasi o‘sganligini his qildim. Mening faoliyatim mana shu yerda o‘zining eng yaxshi davrlarini o‘tkazmoqda. Bundan xursandman, albatta. Hammasi, endi o‘z qo‘limizda. Nima qilish kerakligini yaxshi bilamiz".

"Manchester Siti"da APL doirasida uchta: "Chelsi", "Brayton" va "Brentford"gaqarshi o‘yinlar bor. Ulardan bittasida g‘alaba qozonish, chempionlik uchun yetarli bo‘ladi. Keyingi bosqich esa ashaddiy raqib  bo‘lmish "Manchester Yunayted"ga qarshi kechadi. Ushbu to‘qnashuv 3 iyun, shanba kuni Londonning "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Agarda ikki titul rasmiylashtirilsa, uchinchi qadam bir haftadan keyin, YECHLda qo‘yiladi. Bunda "shaharliklar" "Inter" bilan uchrashadi. Bu o‘yin 10 iyun kuni Istanbulning "Otaturk Olimpiya stadioni"da kechadi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 21:28, 18.05.2023.
O'qildi: 4468 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.