Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Kamron Saydazimov: «Qancha gol ursam ham, men uchun «Surxon» g‘alaba qozonishi muhimroq»

Kamron Saydazimov: «Qancha gol ursam ham, men uchun «Surxon» g‘alaba qozonishi muhimroq»

Baho:
+ | -

"Surxon" klubi futbolchisi Kamron Saydazimov jamoasining Superliga doirasidagi "Metallurg"ga qarshi o‘yini oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Kamron, avvalo «Metallurg»ga qarshi navbatdagi o‘yinga tayyorgarlik haqida gapirib bersangiz?
— Har bir o‘yindan oldingi kabi biz ham jismoniy, ham taktik tayyorgarlikka katta etibor beramiz. Jamoamiz ushbu bahsda g‘alaba qozonish va 3 ochkoni qo‘lga kiritish uchun har kuni mashg‘ulotlar olib boryapmiz. «Metallurg» – jiddiy raqib, jangavor jamoa. Bunday raqibga qarshi oson bo‘lmaydi, lekin bizning vazifamiz - faqat g‘alaba.

— Joriy yilda jamoada Sergey Arslonov boshchiligidagi murabbiylar shtabi faoliyat yuritmoqda. Hozirgi murabbiylar bilan ishlash siz uchun qanday?
— Birinchi navbatda, biz bilan ishlayotgan murabbiylarga hurmatimni bildirmoqchiman. Murabbiylar shtabining uslublari menga juda yoqdi. Biz juda yuqori malakali mutaxassislarni to‘pladik. Jamoamiz hujumkor futbol namoyish etadi. Murabbiylarimiz taktikada juda ilg‘or, ular futbolchilarga zaif tomonlarini to‘g‘ri ko‘rsatishni biladilar. Biz ularning ishi tufayli futbolga professional yondashuv bilan harakat qilamiz.

— Mavsum boshlanishini qanday baholaysiz?
— Turnir jadvalida 8-o‘rinda turibmiz. Bir tomondan, bu o‘tgan yilga nisbatan oldinga qadamdir. Boshqa tomondan, biz to‘xtashni xohlamaymiz. Biz faqat g‘alabalar uchun kurashmoqchimiz va bizda mavsum yakunida yuqori o‘rinni egallash istagi bor. Menimcha, xursand bo‘lishga hali erta. Oldinda muhim uchrashuvlar bor va biz kuchli jamoa ekanligimizni isbotlab, muxlislarimizni xursand qilishimiz kerak

— Shu kungacha «Surxon»dagi faoliyatida siz uchun qaysi o‘yin ko‘proq esda qolgan?
— To‘g‘risini aytsam, men uchun barcha g‘alabalar juda qadrli. «So‘g‘diyona»ga qarshi o‘yinni eslayman, o‘tgan yili jarima zarbasidan gol urgandim. Lekin takrorlab aytaman, qancha gol ursam ham, men uchun jamoa g‘alaba qozonishi muhimroq.

— Muxlislarga tilaklaringiz.
— Barcha muxlislarimizga sog‘liq, baxt tilayman. Ishonchingizni oqlashga va har bir uchrashuvda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 06:34, 19.05.2023.
O'qildi: 1377 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик