Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Samvel Babayan: "Jamoamizning yarmi futbolchilari gol urishdi"

Samvel Babayan: "Jamoamizning yarmi futbolchilari gol urishdi"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi “F” guruhi, 2-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Andijon” (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida namanganliklar bosh murabbiyi Samvel Vyacheslavovich Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob qaytardi.

- Samvel Vyacheslavovich, avvalo bugungi g‘alaba bilan tabriklaymiz. Uchrashuv borasida to‘xtalib o‘tsangiz.

- O‘zbekiston kubogi o‘yinlari har bir jamoa uchun muammo yaratadi, bu Superligami yoki birinchi liga jamoasi bo‘ladimi, toifaga ajratilmaydi. Bu ham doimo qiziq. Bugungi raqibimiz bilan haqiqiy derbi, qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Xudoga shukr, g‘alaba qozondik. Bitta to‘p kiritdik, maydonda kichik muammolar yuzaga keldi. Maqsadimizga erishdik, tabriklayman. Biz “pley-off” masalasini hal qildik, muxlislarimizni tabriklayman. Yigitlarga rahmat aytaman, tig‘iz taqvim paytidan kelib chiqib, maksimal harakatlanishdi va jamoamiz xarakter ko‘rsata oldi. Ishlashda davom etamiz. Xatolarimizni o‘rganib, tahlil qilamiz. Keyingi bahslarda yanada ishonchliroq o‘ynashga umid qilaman.

- “Navbahor” joriy mavsumda Namangandagi o‘yinlarida o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yubormadi. Tajribali himoyachi Davronbek Hoshimovning holati qanday? U navbatdagi o‘yinda maydonga tushadimi?

- Bugungi kunda bu ko‘rsatkich bo‘yicha musobaqada yetakchilik qilyapmiz. Jamoaning tarkibini shakllantirayotganimizda, ko‘plab futbolchilar kelishgan, o‘tgan mavsumdagi himoyachilardan faqat Golban qolgandi. Himoyada ishonchli harakat qilyapmiz. Umid qilamanki, shunday davom etamiz. Asosiy maqsadimiz himoyada bexato o‘ynash edi, bunga erishyapmiz. Davron Hoshimovning sog‘ligida muammo bor. Lekin u qadar jiddiy emas. Hozir umumiy guruhdagi mashg‘ulotlarda shug‘ullanmoqda. Uni tez orada maydonda ko‘ramiz, deb o‘ylayman.

- “Navbahor”ning g‘alabasidan klub xodimlarni unchalik mamnun emasdek. Ular g‘alabaga ko‘nikib qolishganmi yoki...

- G‘alaba bu yaxshi tarixga aylanadi. Ular doimo zafarlarga o‘rganib qolishgan, shuning uchun buni oddiy qabul qilishmoqda. Aslida g‘alaba qozonish oson bo‘lmayapti. Har bir jamoa Namanganda himoyada 200 foiz tartibli harakatlanmoqda. Buni o‘tgan safar “Surxon” bilan o‘yinda ko‘rdik, bugun ham har bir chiziqda kurash kechdi, byutuqqa erishish qiyin bo‘lmoqda. Chempionat qiziqarli o‘tmoqda. Umid qilamanki, barcha jamoalar so‘nggi turgacha shunday tarzda o‘ynashsa, chempionatimiz saviyasi oshadi. Jamoada faoliyat olib borayotgan futbolchi bo‘ladimi, murabbiylar shtabimi yoki rahbariyatmi, asosiy maqsadimiz muxlislarni xursand qilish. Shu yo‘lda ishlamoqdamiz.

- Luka Chermelning zaxiraga olinishining sababi nimada?

- Tanaffusda unda muammo bor edi, jarohat oldi. Maydondagi harakatlarida jarohat sezdirdi va uni almashtirdik. Bu to‘g‘ri qaror bo‘ldi,uning o‘rniga zaxiradan maydona tushgan o‘yinchi gol urdi.

- Jamoa hujumchilari kam gol urishyapti. Gollarni ko‘pincha yarim himoyachilar urishyapti. Bu borada nima deysiz?

- Statistikaga qarang, biz nechta to‘p kiritdik va o‘sha gollarga kimlar mualliflik qilishdi? Jamoamizning yarmi futbolchilari gol urishdi. Har bir o‘yinchi maydonga gol urish uchun tushadi. Bu yaxshimi yoki yomonmi? Menimcha, bu yaxshi. Bugun futbolda universalizasiya tushunchasi mavjud. Bir nechta hujumchi bilan o‘ynayapmiz. Hujumchilar nechta gol urishadi, deb o‘ylash xato. Bugungi tushgan ikki nominal hujumchilar boshqa vazifani bajarishdi. Misol uchun Temurxo‘ja ko‘proq orqada o‘ynadi, avvaliga markazda, keyin ikkinchi hujumchi bo‘lib o‘ynadi. “Navbahor”ning harakatlari hujumchilar soni bilan bog‘liq emas. Shuning uchun bizda hamma gol urmoqda, bu yaxshi ko‘rsatkich.

- Jamoaga transfer ta’qiqi qo‘yildi. Buni bartaraf etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilyaptimi?

- Ha, bu vaqtinchalik holat bo‘yicha klub ish olib bormoqda. Tezlikda bu vazifa hal bo‘ladi va bunday vaziyat sodir bo‘lmaydi.

Kiritildi: 09:12, 19.05.2023.
O'qildi: 1687 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.