Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Joriy mavsumda "Arsenal" yetti tomonlama boshqa APL jamoalaridan ustunlik qilmoqda

Joriy mavsumda "Arsenal" yetti tomonlama boshqa APL jamoalaridan ustunlik qilmoqda

Baho:
+ | -

"Arsenal" Angliyadagi ikkinchi eng yaxshi jamoa. Ha, bu so‘z jarangdor va yoqimli eshitiladi. Ammo birinchi bo‘lish undan ham yaxshi, shunday emasmi? Turnir jadvalida bo‘lmasada, quyidagi yettita statistik ko‘rsatkichlarda to‘pchilar mavsum davomida yetakchilik qildi.

Raqib darvozasi tomon eng ko‘p zarba (564 ta)
Ikkinchi o‘rinda: "Liverpul" (561)

Xo‘sh, zarbalar bo‘yicha yetakchilik bor. Ammo aniq zarbalar borasida 20 ta jamoa ichida beshinchi o‘rinni egallash, nimadir xatolik borligini anglatadi. Ammo "Arsenal"ning Edegor, Parti, Jaka kabi vakillari uzoq masofadan zarbalarni ma’qul ko‘radi. Shunday zarbalarning ko‘pchiligi noaniq ketadi. Masalan, Tomas Pari har yettita zarbasidan bittasini aniq darvoza sohasiga yo‘llagan.

Jarima maydonchasi ichiga uzatma (435 ta)
Ikkinchi o‘rinda: "Manchester Siti" (429)

Ko‘pchilik buni o‘qib hayron qolayotgan bo‘lishi mumkindir. Negaki, odatda paslar borasida "Manchester Siti" yetakchilik qiladi. Bu mavsumda esa "Arsenal" bu borada ustunlikni o‘z qo‘liga oldi. London klubining raqib jarima maydonchasi tomon paslarining ko‘pchiligi Edegor orqali amalga oshdi. Norvegiyalik xavfli vaziyatlar hosil qilish bobida APLda faqatgina Kevin De Bryuyne va Kiran Trippyerdan ortda qolmoqda.

Ichkariga burchak zarbasi orqali paslar (146 ta)
Ikkinchi o‘rinda: "Everton" (123)

Mikel Arteta to‘pni burchakdan tashqariga oshirishlarini xush ko‘rmaydi. Bukayo Saka, Gabriel Martinelli va Leandro Trossardlarning bari faqat ichkariga pas bergan. Bunga teskari ravishda aytish mumkinki, "Liverpul" asosan to‘pni kengroq va bo‘shliq katta bo‘lgan tomonga yo‘naltiradi.

Qayta urinishdan gollar (13 ta)
Ikkinchi o‘rinda: "Aston Villa", "Fulxem", "Nottingem (11 tadan)

Bu o‘lchovning izohi quyidagicha: birinchi berilgan zarbadan keyin, to‘pga blok qo‘yilsa yoki darvozabon seyv ijro etsa, keyingi urinishda gol urishdir. Martinelli bu borada ustasi farang. U besh bor shunday vaziyatlardan gol hosil qilgan. APLda faqatgina Olli Uotkins undan yaxshi ko‘rsatkichga ega.

Xato sabab raqibga vaziyatlar/zarbalarga imkon berish (20 ta)
Ikkinchi o‘rinda: "Liverpul" (18 ta)

Bu statisktika salbiy tomonlama ko‘riladi. Hech bir darvozabon bu mavsumda Aron Ramzdeyl kabi xatolarga yo‘l qo‘ymadi. Shuningdek, raqiblar juda ko‘p vaziyatlarda Vilyam Salibaning eplovsizligi sababli "Arsenal" darvozasiga xavf tug‘dirgan edi.

Raqib jarim maydonchasi ichidagi to‘pga teginishlar (1227 ta)
Ikkinchi o‘rinda: "Manchester Siti" (1995)

"Arsenal"ning uchta futbolchisi, Saka Martinelli va Jezus raqib tomonda eng faollardan biri bo‘lib turibdi. Garchand so‘nggi bir oy bu jamoaga omadsiz kelgan bo‘lsa ham, ular mavsumning katta qismini shunday o‘tkazgan edi. To‘pga egalik qila turib, "Arsenal" jarima maydonchasi ichida paslarni amalga oshirishi bilan ajralib turadi.

O‘n olti metrlik maydonga to‘pni olib kirish (268 ta)
Ikkinchi o‘rinda: "Manchester Siti" (255 ta)

Bu borada Bukayo Saka APLda eng yaxshi natija qayd etib turibdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni esa Muhammad Saloh va Kauru Mitoma egallaydi. Aytish mumkinki, bu boradagi "Arsenal"ning yetakchiligi bejiz emas, albatta.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 15:30, 19.05.2023.
O'qildi: 1557 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.