Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Afrikalik futbolchini haqiqatdan ham "Buxoro" klubi taklif qilganmi?

Afrikalik futbolchini haqiqatdan ham "Buxoro" klubi taklif qilganmi?

Baho:
+ | -

Ijtimoiy tarmoqlarda kot-d'ivuarlik Vamara Diarrassouba ismli futbolchi 2 kundan buyon Toshkent Xalqaro aeroportida tunayotganligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Effect.uz hodimlari kecha tungi soat 00:00 lar atrofida voqeaga oydinlik kiritish maqsadida aeroportga bordi.

Ikki soatdan oshiqroq vaqt mobaynida Vamara qidirildi va yakunda PPX hodimi bilan suhbatdan so‘ng futbolchi uchib ketish zalida ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Zalga kirgach, ivuaralik futbolchi yo‘lovchilar uchun ajratilgan maxsus joyning oyoq osti qismida uxlayotganiga guvoh bo‘ldik. Keyinchalik Vamara haqiqattan ham 2 kun aeroportda tunab qolganini o‘zi ham ta’kidlab o‘tdi.

Diarrassoubaning holati hozirda yaxshi va u Toshkentdagi mehmonxonaga joylashtirildi.

Xo‘sh, o‘zi futbolchi nega poytaxtga kelgandi?

Vamara "Buxoro" klubi nomidan Toshkentga chaqirilgan, biroq "Buxoro"ning birorta mutasaddisi uni kutib olmagan, natijada u 2 kun qarovsiz qolgan. Aeroport atrofida ishlaydiganlarning aytishicha, uning yonida puli ham qolmagan va hatto telefon quvvati ham o‘chgan. Xop endi, buxoroliklar nomidan jo‘natilgan hujjatga e’tibor qaratsak, hech ham rasmiy hujjatga o‘xshamaydi.

Unda ko‘plab imloviy xatolar mavjud va eng katta nozoslik "Buxoro" klubi murabbiyi sifatida Muhsin Muhammadiyevning imzosi turibdi. Vaholanki, Muhammadiyev 3 yil avval klubni tark etgan. Bu holatga PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev ham reaksiya bildirib o‘tdi.

Eng ayanchli holat esa 17 yoshli futbolchi 5800 dollar atrofidagi summani uni "Buxoro" nomidan taklif etgan firibgarlar hisobiga o‘tkazib bergan. Qolaversa, u o‘z yuklari qayerda ekanligini ham aniq bilmaydi.

Kiritildi: 19:48, 22.05.2023.
O'qildi: 3092 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.