Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 3-0 Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor 3-1 Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro 3-2 Andijon
09/10 19:30 Nasaf 2-1 Dinamo
10/10 00:00 Malaga 1-1 Espanyol
10/10 16:30 Arsenal - Lids
10/10 17:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon
10/10 19:00 Aston Villa - Brentford
10/10 19:00 Chelsi - Bornmut
10/10 19:00 Ipsvich - Fulhem
10/10 19:00 Sanderlend - Brayton
10/10 19:15 Alaves - Atletiko
10/10 21:30 Man. Yunayted - Tottenhem
10/10 21:30 Barselona - Xetafe
11/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK - Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona - Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya

«Bahrom Vafoyev» stadioniga 15 iyulga qadar muddat berildi

«Bahrom Vafoyev» stadioniga 15 iyulga qadar muddat berildi

Baho:
+ | -

Muborakning «Mash’al» futbol klubi o‘zining uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan “Bahrom Vafoyev” stadioni joriy yilning 15 iyul sanasidan boshlab Pro liga bellashuvlarini qabul qila olmasligi mumkin.

Ikki mavsum avval Liga Superliga klublariga projektorlar yuzasidan qat’iy talab qo‘ygan bo‘lib, stadioni yoritish tizimi talabga javob bermaydigan futbol klublari o‘z uy uchrashuvlarini boshqa arenada o‘tkazishga majbur bo‘lgandi. Buning natijasida Superliga bellashuvlarini issiq ob-havo sharoitida to‘liq kechki salqinda o‘tkazishga erishildi.

Bugunga kelib, Pro liganing 11 klubidan 9 tasi projektorlari minimal talablarga javob beradigan stadionlarda o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazib kelmoqda. Biroq ular orasida “Bahrom Vafoyev” stadioni yo‘q. Pro liganing birinchi davrasi doirasida «Mash’al» yoz faslida o‘z maydonida o‘yin o‘tkazmaydi. Shundan kelib chiqib, Liga klubga 15 iyulga qadar muhlat berdi. Unga qadar projektor masalasi ijobiy hal qilinmasa, «Mash’al» uy uchrashuvlari uchun boshqa stadion topishiga to‘g‘ri keladi va ikkinchi davradan boshlab uy o‘yinlarini Muborakda o‘tkazmaydi.

Ma’lumot uchun, Pro liganing boshqa bir klubi «Aral» to‘p surishi rejalashtirilgan Nukusdagi katta stadion 2023 yildan boshlab ta’mirga kiradi. Shundan kelib chiqib, 2024 yilning iyun oyiga qadar «Aral» uchun muhlat belgilangan. Unga qadar projektorlar minimal ko‘rsatkichga olib chiqilmasa, «Aral» ham uy uchrashuvlarini boshqa arenada o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi. Liganing uch yillik rejasiga ko‘ra, 2024 yilning yoz oyidan boshlab Pro liganing barcha futbol klublari projektori talabga javob beradigan stadionda o‘ynashi lozim.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:23, 22.05.2023.
O'qildi: 1404 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик