Kirish Ro'yxatdan o'tish

YECHL finalida qaysi san’atkorlar ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi

YECHL finalida qaysi san’atkorlar ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Mashhur braziliyalik qo‘shiqchi Anitta 2022/23 yilgi mavsum Chempionlar ligasi finali oldidan chiqish qiladi.

UYEFA rasmiy sayti xabariga ko‘ra, Anitta va nigeriyalik musiqachi Burna Boy 10 iyun kuni Istanbuldagi "Otaturk" stadionida bo‘lib o‘tadigan "Manchester Siti" - "Inter" uchrashuvi oldidan muxlislar uchun qo‘shiq kuylaydi.

2022 yilda Anitta "Envolver" xiti bilan butun dunyo bo‘ylab katta shuhrat qozondi va "Eng yaxshi yangi qo‘shiqchi" nominasiyasida Gremmi mukofotiga nomzod bo‘ldi.

"Hamma nihoyat bu yangilikdan xabardor bo‘lganidan juda xursandman! Men Chempionlar Ligasi finali oldidan shouda qatnashganimdan xursandman va Burna Boy bilan sahnaga chiqishni sabrsizlik bilan kutyapman. Biz stadionda va butun dunyo bo‘ylab muxlislarga tengsiz shou taqdim etishga umid qilamiz, shuning uchun uni 10 iyun kuni tomosha qilishni unutmang. Uni o‘tkazib yubormaslik yaxshiroqdir!" — dedi xonanda.

Kiritildi: 19:11, 24.05.2023.
O'qildi: 4727 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик