Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli 1-1 Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem

Laureatlar: Bu – eng go‘zal qaytish!

Laureatlar: Bu – eng go‘zal qaytish!

Baho:
+ | -

- Men uchun sog‘lom erkak va ota sifatida qaytish muhim edi - Kristian Eriksen yana bir bora yurak xurujidan qanday omon qolganini esladi.

 Daniyalik tolmas yarim himoyachi yaqinda Laureus Sports Awards - «Yil qaytishi» sovriniga ega chiqdi. Tabiiyki, u taqdimot marosimida 2021 yilning iyun oyida kuzatilgan yoqimsiz voqelik haqida ham gapirdi. Eslatma, Yevro-2020dan o‘rin olgan Daniya - Finlyandiya o‘yini davomida Kristianning yuragi bir muddat to‘xtab qolgan va barchasi ayanchli tugashi hech gap emasdi. O‘shanda uchrashuv to‘xtatilgan va shifokorlar tomonidan Eriksenni o‘ziga keltirish terapiyasi boshlangan edi. Yaxshiki, tibbiy yordamdan so‘ng futbolchining yuragi qayta ura boshladi va futbol motamga aylanmadi.

To‘g‘ri, o‘sha voqelikdan so‘ng 29 yoshli daniyalikning faoliyati katta xavf ostida qoldi, baribir. Shifokorlar uning yurak pulsini nazoratga olish uchun kardio­stimulyator o‘rnatdilar. Biroq Italiya «A» seriyasi reglamentiga binoan, bunday jihoz bilan o‘ynash mumkin emasdi. Shu tariqa daniyalik «Inter» bilan shartnomasini bekor qilishga majbur bo‘ldi. Asosiysi, 2022 yilning qishida «Brentford»ga yo‘l olgan Kristian yana 6 oydan keyin «MYU» safiga qo‘shilib, go‘zal qaytishni amalga oshirdi.

Mana, 8 may kuni Eriksen Laureus Sports Awards taqdirlash marosimida «Yil qaytishi» mukofotini qo‘lga oldi. Binobarin, daniyalik qisqa vaqtda «MYU»ning asosiy tarkibidan joy oldi. Vaholanki, 2 yilcha oldin ko‘pchilik uning futboldan ketishini taxmin qilgandi. Taqdirlash marosimida jurnalistlarga Eriksendan avvalo, yuqori darajaga qanday qaytgani haqida so‘rashdi. «O‘sha voqeadan shaxsan men nima oldim? Hamisha bor salohiyatingdan zavq­lanishing va maydonda xotirjam o‘ynashing kerak. Mabodo futbol senga quvonch keltirmayotganingni sezsang, darhol boshqa yumushga qo‘l urishing ma’qul. Men uchun eng muhimi - maydonga qaytish va hayotda inson bo‘lib qolish edi. Aniqrog‘i, avvalo, to‘laqonli ota va sog‘lom erkak sifatida qaytishni xohladim. Eng asosiysi shu. O‘sha voqelikning ertasigayoq nimalar ro‘y berganini o‘yladim. Shunchaki, kadrlarga qaradim va his-tuyg‘ularni to‘liq boshdan kechirdim, keyin kelajakka boqdim. Ammo bundan yengil tortmadim. Gohida ortga qaraysan va bu haqda ortiq o‘ylashni ham istamaysan. Shunchaki, qaraysan va tamom. Maxsus moslama bilan «A» seriyada o‘ynash taqiqlanganini bilardim. «Inter» o‘rtadagi shartnomani bekor qilgach, nihoyat, miyamda charx urayotgan savolga javob oldim: maydonga qaytib, yana o‘ynay olaman, faqat boshqa joyda. Shu asnoda «Inter» bilan aloqalarni uzdim - bu yagona to‘g‘ri variant edi», - dedi irodali Eriksen.

Daniyalik futbolchi shuning­dek, qaltis vaziyatda unga o‘z eshigini ochgan «Brentford»dan nega ketganiga ham to‘xtaldi: «Ha, bir to‘xtamga kelishda rosa qiynaldim. Axir bu klubda vaqtni juda yaxshi o‘tkazdim. Menga qaytish imkonini bergani, yana futbolchi sifatida maydonga tushishimni ta’minlagani uchun «Brentford» rahbariyati va murabbiy Tomas Frankdan bir umr minnatdorman. Ammo boshidayoq Frankka agar o‘zimni yuqoriroq saviyada sinab ko‘rish imkonini beruvchi klubdan taklif olsam, uni qabul qilishimni aytgandim. Baxtimga, «Yunayted»dan chorlov tushdi va bu chindan ham, men xohlagan taklif edi. Bor gap shu. Ha, omadli yigitman».

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:18, 24.05.2023.
O'qildi: 2060 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.