Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Dilshod Komilov: "G‘alaba qozondik va buni yana davom ettiramiz"

Dilshod Komilov: "G‘alaba qozondik va buni yana davom ettiramiz"

Baho:
+ | -

“Andijon” klubi safida to‘p tepayotgan iste’dodli himoyachi Dilshod Komilov “Qizilqum” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng “Andijon” matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirdi.

— Muhim o‘yinda muhim g‘alaba qo‘lga kiritildi. Ayting-chi, bellashuv siz kutgandek kechdimi?
— Uchrashuvga tayyorgarligimiz zo‘r bo‘ldi. Jamoamizdagi hamma bu o‘yinni yutishimizni bilardi. Chunki muhim edi. Bizdan yuqorida turgan klublarga yaqinlashib olishimiz kerak edi. Navbatdagi turda “Turon” bilan o‘ynaymiz va bu ham biz uchun muhim. Xudo xohlasa, g‘alaba qozonib muxlislarimizni yana xursand qilamiz. “Qizilqum”ga qarshi bellashuv biz o‘ylagandek bo‘lmadi. Boshqa uchrashuvlarga solishtirsak, oldinlari yaxshi o‘ynab turib yutqazib qo‘yayotgandik. Bu safar o‘yinimiz o‘zimiz kutganchalik chiqmadi, ammo ikkita kerakli gollarni urib, yutib ketdik. Raqib ham yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan ekan. Bizga jiddiy qarshilik ko‘rsatishdi.

— Uchrashuvda siz uchun eng asabiy holat qaysi vaziyatda kuzatildi?
— Birinchi bo‘limda hakam ko‘p holatlarda bizga qarshi xushtak chaldi. Sariq kartochklar ko‘rsatdi. Menga ham 15-daqiqada sariq kartochka berdi. Uchrashuv boshlaridayoq ogohlantirish olgach, qolgan daqiqalarda ehtiyotkorlik bilan o‘ynash kerak bo‘ladi. Lekin ikkinchi bo‘limda hakam yaxshi boshqardi.

— “Andijon”ning o‘tkazgan 10 ta o‘yini bo‘yicha nima degan bo‘lardingiz?
— Jamoamiz juda yaxshi. Ajoyib futbolchilar yig‘ilgan. Faqat omadimiz kelmagan uchrashuvlarda yutqazib qo‘ydik. “Surxon”, “So‘g‘diyona”, OKMK kabi klublarga qarshi uchrashuvlarda g‘alaba qozonishimiz mumkin edi, lekin nasib qilmadi. Hammasi Xudodan. Mana, kuni kecha g‘alaba qozondik va buni yana davom ettiramiz. Jamoalar dastlabki 5-6 ta turgacha o‘yin uslubini topgunicha har xil taktik uslublarni qo‘llab ko‘radi. Boshidanoq hammasi zo‘r bo‘lib ketmaydi. Xudoga shukr, bosh murabbiyimiz tomonidan berilayotgan taktikarlani tushunib, yaxshi harakat qilyapmiz. Biz bundan ham yaxshi o‘yinlar ko‘rsatib, ishqibozlarimizni quvontira olamiz.

— Yuqorida aytib o‘tganingizdek, oldinda “Turon”ga qarshi vodiy derbisi turibdi. Bu o‘yinga tayyorgarlik xususida nimalarni aytgan bo‘lardingiz?
— Buni bilamiz, hamma futbolchilar yaxshi tushunib turibdi. Xudo xohlasa, bo‘lajak derbiga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Bu o‘yinda ham muxlislarimizni xursand qila olamiz. Ishqibozlar har doim g‘alaba kutishadi. Biz esa oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarib, ularni g‘alaba bilan xursand qilishimiz kerak. “Bobur Arena”ga qaytishimizni kutyapmiz. Ishqibozlarimiz biz uchun juda muhim o‘rin tutadi. Stadionda qancha ko‘p muxlis kelsa, bizga shuncha yaxshi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 06:31, 25.05.2023.
O'qildi: 1701 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик