Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-0 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-0 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Anvar Berdiyev: «Derbi maqomiga mos o‘yin bo‘ldi»

Anvar Berdiyev: «Derbi maqomiga mos o‘yin bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Pro-liga qoldirilgan 4-turidan o‘rin olgan "Sho‘rtan" — "Mash’al" (2:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
— Derbi maqomiga mos o‘yin bo‘ldi. "Mash’al"ning "Lokomotiv"ga qarshi o‘yinini ko‘rib tahlil qildik, astoydil tayyorlandik. Futbolchilar borini berib harakat qilishdi. Bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga rahmat. Barchani, xususan klub rahbariyatini g‘alaba bilan tabriklayman.

— Bugun "Sho‘rtan" jadvalda 4-o‘rindagi jamoani mag‘lub etdi. O‘tgan turda "Aral" bilan durang o‘ynagandi. Bu nima bilan bog‘liq?
— "Aral" bilan sun’iy maydonda o‘ynadik, bu juda qiyin. Futbolchilarimga rahmim keldi to‘g‘risi. Men bunga qarshiman. Maydon egalariga bu narsa qo‘l kelishi mumkin. Masalan, o‘tgan mavsumda "Xorazm" ham sun’iy maydonda o‘ynagandi. Bunda mehmon jamoalarga qiyin bo‘ladi. Bugun yigitlar maydonda men talab qilgandek o‘yin namoyish etib berishdi.

— Ulug‘bek Xudoyberdiyevning jarohati haqida...
— Xudoyberdiyev mashg‘ulotlar vaqtida jarohat oldi. Bizda himoyachilar muammosi bor. Masalan, Mirzohid Mirzamahmudov, Shahboz Jo‘rayevlar jarohatda. Azamat Abdullayev klub bilan o‘zaro kelishuvga ko‘ra xayrlashdi. Shu sababdan Xudoyberdiyev burnidagi jarohatni avaylash uchun maxsus niqob bilan maydonga chiqdi.

— "Sho‘rtan" o‘yingacha 9 kun dam oldi. "Mash’al" esa 3 kun. Mutaxassis sifatida mazkur taqvimga munosabatingiz qanday?
— Futbolchi 2 kundan tiklanishi mumkin. Musobaqa tashkilotchisi tuzgan taqvim, biz ularning ishiga aralasha olmaymiz. Vaqti kelsa zich taqvim bizga ham duch kelib qolishi mumkin.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 11:39, 25.05.2023.
O'qildi: 1412 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.