Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Gasperini "Napoli"ni boshqaradimi?

Gasperini "Napoli"ni boshqaradimi?

Baho:
+ | -

"Atalanta" bosh murabbiyi Jan-Pyero Gasperini "Napoli" bosh murabbiyi sifatida Luchano Spaletti o‘rnini egallashi mumkinligi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

Tuttonapoli xabariga ko‘ra, neapolliklar rahbariyati mavsum oxirida jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Spaletti o‘rniga Gasperini nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, murabbiy klub xo‘jayini Aurelio De Laurentis bilan janjallashib qolgan.

“Yaxshiyamki, internetda yangiliklarni o‘qishga vaqtim yo‘q, atrofda juda ko‘p narsa bor, birdaniga hammasini kuzatib borish qiyin. Eng yaxshi yechim “Atalanta”ning yevrokuboklarga chiqishini ta’minlashga e’tibor qaratish bo‘ladi”, - deya Gasperinining so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Gasperini 2016 yildan beri “Atalanta”ga murabbiylik qiladi va shu vaqt ichida u jamoani uch marta A Seriyada uchinchi o‘ringa olib chiqdi va ikki marta bergamoliklar bilan Italiya kubogi finalida o‘ynadi.

Spaletti "Napoli"ni 2021 yildan beri boshqarib kelmoqda. Joriy mavsumda uning qo‘l ostidagi jamoa 1990 yildan beri birinchi marta muddatidan avval Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 01:14, 26.05.2023.
O'qildi: 1189 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.