Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston 2-0 Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron 0-1 Livan
13/01 21:30 Yaponiya 2-0 Qatar
13/01 21:30 BAA 1-1 Suriya
14/01 16:30 Iroq 1-2 Avstraliya
14/01 16:30 Tailand 0-0 Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma
15/01 00:45 Inter - Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya

APL. «MYU» qoldirilgan tur o‘yinida «Chelsi»ni yirik hisobda mag‘lub etdi (videosharh)

APL. «MYU» qoldirilgan tur o‘yinida «Chelsi»ni yirik hisobda mag‘lub etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya Premyer Ligasining qoldirilgan 32-turida “Chelsi” 25 may, payshanba kuni “Manchester Yunayted” mehmoni bo‘ldi.

O‘yinning yettinchi daqiqasidayoq “qizil iblislar” futbolchisi Kazemiro hisobni ochdi. Mankunianlarning braziliyalik hujumchisi Antoni jarohat olib maydonni tark etdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Antonio Marsyal hisobni mustahkamladi — 2:0.

72-daqiqada Brunu Fernandesh penaltidan aniq foydalandi va hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. Oradan ko‘p o‘tmay “Chelsi” himoyachisi Uesli Foffananing xatosidan keyin Markus Reshford hisobni 4:0 ga yetkazdi. 89-daqiqada “aristokratlar” hujumchisi Joau Feliks hisobni qisqartirdi.

Mazkur bahsdan so‘ng “Manchester Yunayted”ning ochkolari 72 taga yetdi va uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Jamoa keyingi mavsum Chempionlar Ligasida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi. “Chelsi” esa 43 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

APL, 32-tur bahsi
25 may, payshanba
“Manchester Yunayted” — “Chelsi” 4:1
Gollar: 1:0 — 6 Kazemiro, 2:0 — 45+5 Marsyal, 3:0 — 73, penalti Brunu Fernandesh, 4:0 — 78 Reshford, 4:1 — 89 Feliks.
“Manchester Yunayted”: De Xea, Uan-Bissaka, Varan, Lindelyof, Shou (Malasia, 46), Eriksen (Fred, 70), Kazemiro, Fernandesh (Maktominey, 86), Sancho, Antoni (Reshford, 29), Marsyal (Garnacho, 70).
“Chelsi”: Arrisabalaga, Aspilikueta, Chaloba, Fofana, Xoll, Gallaher (Fofana, 82), Fernandes, Chukvuemeka (Loftus-CHik, 82), Havers (Joau Feliks, 64), Mudrik (Pulishich, 64), Madueke (Ziyosh, 82).
Ogohlantirishlar: Fernandes (75), Malasia (75).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 05:21, 26.05.2023.
O'qildi: 10265 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.