Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Gvatemala U20 bosh murabbiyi: «O‘zbekistonga qarshi o‘yinda bizni qanoatlantiradigan yagona natija — bu g‘alaba»

Gvatemala U20 bosh murabbiyi: «O‘zbekistonga qarshi o‘yinda bizni qanoatlantiradigan yagona natija — bu g‘alaba»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U20 terma jamoasi bugun yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining guruh bosqichi 3-turi doirasida Gvatemalaga qarshi maydonga tushadi. Gvatemala yoshlar termasi ustozi Rafael Loredo mazkur o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Jahon chempionatining dastlabki 2 ta o‘yinida yutqazdik. Endi esa guruhdagi uchinchi o‘yin haqida o‘ylayapmiz. Biz bu bahsda maydonga chiqib, o‘zimizning eng yaxshi jihatlarimizni namoyish etishimiz kerak.

Biz JCHda o‘ynayapmiz, shuning uchun bizga yetarlicha motivasiya berishi kerak. Boz ustiga, bizda keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat bor. O‘zbekiston ustidan g‘alaba qozonib, 3-o‘rinni egallagan jamoalar orasida yuqoriroq pog‘onada bo‘lishimiz kerak.

O‘zbekiston — yaxshi shakllangan jamoa. Ular yaxshi himoyalanishadi va hujumda ham yaxshi harakat qilishadi. Biz esa hujumkor o‘yin namoyish etishga majburmiz. Avvalgi ikkita o‘yinda gol urish uchun imkoniyatlar bo‘ldi, ammo so‘nggi pallada bizga aniqlik yetishmadi. Bu o‘yinda bizni qanoatlantiradigan yagona natija — bu g‘alaba.

3-o‘rinni egallab, keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatimiz bor ekan, biz bundan foydalanishga harakat qilamiz. Avvalo biz 3-turda g‘alaba qozonib, keyin boshqa raqiblarning natijasiga qaraymiz.

Nihoyat, men gvatemalalik muxlislarga murojaat qilmoqchiman: Siz futbolchilarga ishoning. Ha, siz avvalgi o‘yinlarda g‘alaba qozona olmaganimizni aytishingiz mumkin. Ammo futbolchilar harakat qilishdi, ammo gol ura olmadik. Yigitlar o‘ynayotgan futbol menga yoqmoqda", — dedi Gvatemala yoshlar terma jamoasi ustozi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:38, 26.05.2023.
O'qildi: 4776 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.