Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

Ibrohim Yo‘ldoshev: “Navbahor”ga qarshi barcha jamoalar o‘zgacha ishtiyoqda maydonga tushadi”

Ibrohim Yo‘ldoshev: “Navbahor”ga qarshi barcha jamoalar o‘zgacha ishtiyoqda maydonga tushadi”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 12-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Olimpik” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 23 yoshli mahoratli himoyachisi Ibrohim Yo‘ldoshev bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Superliganing joriy mavsum bahslari ancha qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tmoqda hamda bo‘lib o‘tgan bellashuvlar bu yil oson o‘yinlar bo‘lmasligini isbotlamoqda. Bo‘lajak bellashuv ham bundan mustasno bo‘lmaydi, albatta.

Umuman olganda, “Navbahor”ga qarshi barcha jamoalar o‘zgacha ishtiyoqda maydonga tushadi hamda bu yilgi o‘yinlarni yaxshi o‘tkazayotgan bu safargi raqib - “Olimpik” ham jamoamizga munosib qarshilik ko‘rsatishga intiladi.

Xabaringiz bor, o‘tgan turda safarda “Bunyodkor” ustidan yirik – 5:1 hisobida g‘alaba qozonib, “Navbahor” ishqibozlariga olam-olam quvonch ulashgandik va bo‘lajak bahsda ham jamoamiz muxlislari bizdan shunday yuqori saviyadagi o‘yin kutishadi. Shu bois, “olimpiyachilar” bilan bo‘ladigan bellashuvni ham o‘sha tempda o‘tkazib, g‘alaba qozongan holda, muxlislarga quvonch ulashishga harakat qilamiz hamda buni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.  

Ishqibozlardan esa jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishlarini so‘rab qolaman.

Fursatdan foydalanib, bizga barcha sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyati hokimi Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov, shuningdek, “Navbahor” PFK rahbariyati, jumladan, klub vise-prezidenti Otabek Arifovich Samatovga jamoamiz nomidan o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

“Navbahor” joriy mavsumda o‘zi qatnashadigan barcha musobaqalarda zafar quchishni maqsad qilgan. Buni amalga oshirish uchun biz – futbolchilar qo‘ldan kelganicha harakat qilamiz",  dedi Ibrohim Yo‘ldoshev klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 22:37, 26.05.2023.
O'qildi: 1187 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.