Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bundesliga. "Borussiya D" o‘z maydonida "Mayns"ni mag‘lub eta olmadi va tayyor chempionlikni boy berdi

Bundesliga. "Borussiya D" o‘z maydonida "Mayns"ni mag‘lub eta olmadi va tayyor chempionlikni boy berdi

Baho:
+ | -

"Borussiya Dortmund" Bundesliganing so‘nggi turida "Mayns" bilan durang o‘ynadi - 2:2.

"Mayns" birinchi bo‘limning 24 daqiqasidayoq dortmundliklar darvozasiga 2 ta to‘p kiritib bo‘lgandi - Andreas Xanche-Olsen va Karim Onasivo gol muallifi bo‘ldi. "Borussiya" hujumchisi Sebastyan Aller 19-daqiqada penaltidan foydalana olmadi.

69-daqiqada "asalarilar" oradagi farqni bittaga qisqartirishdi - gol muallifi Rafael Gerreyru. 94-daqiqada esa Allerning goli ofsayd tufayli bekor qilindi, ammo 96-daqiqa baribir Zyule natijani tenglashtirdi - 2:2.

G‘alaba Edin Terzich jamoasiga chempionlikni naqd qilishi mumkin edi, ammo durang sabab "Borussiya" oltin medallardan quruq qoldi. Titul "Kyoln" ustidan 2:1 hisobida zafar quchgan "Bavariya"ga nasib etdi.

Borussiya D – Mayns 2:2
27 may, 18.30, «Signal Iduna Park»
Gollar: 0:1 – 15 Xanche-Olsen, 0:2 – 24 Onisivo, 1:2 – 69 Gerreyru, 2:2 – 90 Zyule.
Borussiya D – Kobel, Xummels, Zyule, Ryuerson (Modest, 80), Gerreyru, Djan, Brandt (Dyuranvil, 62), Volf (Mukoko, 46), Malen (Reyna, 63), Aller, Adeyemi (Roys, 40).
Mayns – Damen, Kasi, Bell, Xanche-Olsen, Fernandesh, Aaron Martin, Kor, Li Chje Son (Ingvartsen, 66), Barreyro, Shtax (Barkok, 80), Onisivo (Mustafa, 90).
Ogohlantirishlar: Gerreyru (40), Fernandesh (71).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:37, 27.05.2023.
O'qildi: 2874 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик