Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

"Manchester Yunayted"ning Xarri Keyn uchun muqobil variantlari soni oltitaga yetdi

"Manchester Yunayted"ning Xarri Keyn uchun muqobil variantlari soni oltitaga yetdi

Baho:
+ | -

"MYU" kelayotgan yozda katta transferlarni amalga oshirishni reja qilmoqda. Ayni damda klub uchun eng muammoli pozisiya markaziy hujum bo‘lib turibdi. Shu sababli "qizil iblislar" yozda top-hujumchi xarid qilishi aniq. Avvalo, bu borada Erik ten Xag jamoasiga Xarri Keyn zarur. Angliya terma jamoasi a’zosi "Tottenxem"ni tark etishga yaqin turibdi. Bunga "shporlar"ning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsizligi sabab bo‘lmoqda. Ammo 29 yoshli futbolchini sotib olish oson bo‘lmaydi.

"Tottenxem" Keynni osonlikcha qo‘ldan boy berishni istamaydi. Bunga klub egasi Daniel Levi yo‘l qo‘ymasligi mumkin. MAN nashrining yozishicha "MYU" Keynni sotib olishi uchun, "Levini o‘ldirishi kerak bo‘ladi". Albatta, bu hazil tariqasida aytilgan. Boz ustiga, endi bu masalada mankunianliklarda ustunlik mavjud. Xususan, "MYU" keyingi mavsumda YECHLda ishtirok etadi. Bu esa Xarri Keynning maqsadlariga ham mos tushadi. Bordiyu, Keyn masalasi ijobiy hal etilmasa, u holda "Manchester Yunayted"da yana oltita hujumchini sotib olish imkoni paydo bo‘ladi. Shu yerda bir maqol esga tushadi – Pul bo‘lsa, changalda sho‘rva. Haqiqatdan ham yaxshi pul to‘lansa, har qanday jamoa, har qanday futbolchini sotishi mumkin.

"Manchester Evening News" nashrining yozishicha, Keyndan keyingi o‘rinda "MYU" uchun Viktor Osimxen eng katta nishon bo‘ladi. 24 yoshli nigeriyalik hujumchi joriy mavsumda 23 ta gol bilan "Napoli"ni 1990 yildan beri ilk bor A seriyada g‘olib bo‘lishiga yordam berdi. Ammo uning uchun belgilangan 130 million funtlik narx "qizil iblislar"ga unchalik ham xush kelmaydi.
Italiyada davom etamiz. "MYU" uchun navbatdagi variant bu "Atalanta" yulduzi Rasmus Xyoylundir. 20 yoshli iqtidor 18 ta o‘yinda 8 ta gol urishga erishgandi. Shubhasiz, u kelajakda APL giganti uchun asqotgan bo‘lardi.

"Ayntraxt" vakili Randal Kolo Muani ham "MYU" radarida ekani aytiladi. 24 yoshli hujumchi Qatardagi mundialda porlagan edi. Uning hisobida hozirga qadar 14 ta gol va 13 ta assist mavjud.

Erik ten Xag shaxsan kuzatayotgan futbolchilar orasida "Ayaks" 22 yoshli yulduzi Muhammad Kudus hamda 21 yoshli "Benfika" tarbiyalanuvchisi Gonsalu Ramushlar bor. Har ikki hujumchi gol va uzatma borasida joriy mavsumda 20 tadan ko‘p vaziyatlarda ishtirok etdi. Ayniqsa, Kudusning qanotlarda ham o‘ynay olishi, uning qadrini yanada oshiradi. Shuningdek, shortlistda "Brayton" o‘yinchisi Evan Fergyuson ham bor. 20 yoshli hujumchi o‘tgan oyda jamoasi bilan yangi shartnoma imzolagandi. Irlandiya terma jamoasi a’zosi bolaligidan Ueyn Runiga havas qilganini aytadi. Shunday ekan, yaqin kelajakda u ham "MYU" libosini kiyishi mumkin.

Erik ten Xag jamoasining muammolari faqatgina hujum bilan cheklanmaydi. Agarda "qizil iblislar" yangi mavsumda titullar uchun kurashmoqchi bo‘lsa, u holda yarim himoya va mudofaani ham kuchaytirishi zarur. Bu borada "MYU"ga Deklan Rays, Meyson Maunt va Jeremi Frimpong kabi futbolchilar kerak bo‘ladi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 22:32, 27.05.2023.
O'qildi: 3338 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.