Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

U20 JCH. O‘zbekistonning pley-offdagi raqibi nomi ma’lum bo‘ldi

U20 JCH. O‘zbekistonning pley-offdagi raqibi nomi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+-1 | -1

Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining ikki guruhida 27 maydan 28 mayga o‘tar kechasi 3-tur bahslari o‘tkazildi.

"C" guruhi peshqadami Kolumbiya so‘nggi turda so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga Senegal bilan durang o‘ynadi va 7 ochko bilan 1-o‘rinni egallab, pley-offga yo‘l oldi.

Yaponiya va Isroil jamoalari ikkinchi yo‘llanma uchun kurash olib bordi. Avvaliga yaponlar birinchi bo‘lim so‘ngidagi gol evaziga oldinga o‘tib oldi. Ikkinchi bo‘lim bir o‘yinchi kam bo‘lib qolganiga qaramay Isroil ikkita to‘p kiritib, g‘alabani ilib ketdi. Isroilliklar ikkinchi golni 90+1-daqiqada urishganini ta’kidlash lozim. Yaponiya guruhda 3-o‘rinni egalladi, ammo jamoa nimchorak finalga chiqa olmay qolishi mumkin. Kunchiqar yurt vakillarining taqdiri "E" va "F" guruhlarida 3-tur bahslari yakuniga yetgach aniq bo‘ladi.

Shu tariqa, Isroil 4 ochko bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi va 1/8 finalda A guruhida 2-o‘rinni olgan O‘zbekistonga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Uchrashuv 30 maydan 31 mayga o‘tar kechasi 02:00 da boshlanadi.

"C" guruhidagi yakuniy vaziyat

 JamoaO‘yinG‘alabaDurangMag‘-tT-FOchko
1 Kolumbiya 3 2 1 0 5-3 7
2 Isroil 3 1 1 1 4-4 4
3 Yaponiya 3 1 0 2 3-4 3
4 Senegal 3 0 2 1 2-3 2

"D" guruhida Braziliya Nigeriyadan ustun keldi, Italiya esa autsayder Dominikanni mag‘lub etdi.

Yakunda Braziliya, Italiya va Nigeriya 6 taga ochko jamg‘ardi. Qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha Braziliya birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi, Italiya esa ikkinchi bo‘ldi. Nigeriya ham eng yaxshi 3-o‘rin egalari qatorida pley-offga chiqishni kafolatladi.

"D" guruhidagi yakuniy vaziyat

 JamoaO‘yinG‘alabaDurangMag‘-tT-FOchko
1 Braziliya 3 2 0 1 10-3 6
2 Italiya 3 2 0 1 6-4 6
3 Nigeriya 3 2 0 1 4-3 6
4 Dominikan 3 0 0 3 1-11 0

U-20 JCH—2023
3-tur bahslari, 27/28 may

"C" guruhi
Yaponiya — Isroil 1:2
Gollar: 1:0 – 45+1 Sakamoto, 1:1 – 76 Navi, 1:2 – 90+1 Omer.
Chetlatish: Binyamin (68, Isroil).

Kolumbiya — Senegal 1:1
Gollar: 0:1 – 30 Kamara, 1:1 – 90+5 Kortes.

"D" guruhi
Braziliya — Nigeriya 2:0
Gollar: 1:0 – 44 Pedroso, 2:0 – 45+2 Markinyos.

Dominikan — Italiya 0:3
Gollar: 0:1 – 19 Kasadei, 0:2 – Ambrozinyo, 0:3 – 84 Kasadei.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 05:17, 28.05.2023.
O'qildi: 16949 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.