Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

"Manchester Yunayted"da Maunt uchun ortiqcha pul yo‘q

"Manchester Yunayted"da Maunt uchun ortiqcha pul yo‘q

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" "Chelsi" yarim himoyachisi Meyson Mauntning transferi uchun ortiqcha pul to‘lamoqchi emas, deb xabar beradi The Independent. "Qizil iblislar" boshliqlari 24 yoshli futbolchi uchun so‘ralgan 63 million yevroni to‘lamoqchi emas. Mankunianliklar klubi bunday narxni juda yuqori deb hisoblamoqda.

Manbaga ko‘ra, "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xagning transfer byudjeti shu yozda qat’iy cheklanadi. Klub aniq rejasiz katta mablag‘ sarflamaydi.

Maunt joriy mavsum “Chelsi” safida barcha turnirlar doirasida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Yarim himoyachining London klubi bilan shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt internet portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 65 million yevroni tashkil qiladi.

Avvalroq Maunt "Old Trafford"ga o‘tishga tayyorligi haqida xabar berilgandi.

Kiritildi: 20:21, 28.05.2023.
O'qildi: 1615 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик