Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/10 00:00 Vilyarreal 3-1 Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut 3-1 Sautgempton
01/10 13:00 Sentrel Kost 1-2 Buriram Yunayted
01/10 15:00 Kavasaki Frontale 0-1 Kvangju
01/10 15:00 Poxang Stilers 3-0 Shangxay Port
01/10 17:00 Johor Dorul Ta'zim 3-0 Shanghai Shenhua
01/10 21:00 Sepohon 4-0 Istiqlol Dushanbe
01/10 21:00 Sharja 2-2 Al-Vihdat
01/10 21:45 Zalsburg 0-4 Brest
01/10 21:45 Shtutgart 1-1 Sparta
01/10 23:00 Al-Hilol - Ash-Shorta
01/10 23:00 Al-G‘arafa - Al-Ayn
01/10 23:59 Arsenal - PSJ
01/10 23:59 Bayer - Milan
01/10 23:59 Borussiya D - Seltik
01/10 23:59 Barselona - Yang Boyz
01/10 23:59 Inter - Srvena Zvezda
01/10 23:59 PSV - Sporting
01/10 23:59 Slovan - Manchester Siti

“Real”da o‘zgarishlar bo‘lishi kerak

“Real”da o‘zgarishlar bo‘lishi kerak

Baho:
+ | -

"Real Madrid" o‘tgan mavsumda Ispaniya chempioni bo‘ldi va Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Joriy kampaniyada “qaymoqranglilar” hech bo‘lmaganda katta turnirlardan birida yana g‘alaba qozonishi kutilgan edi. "Blankos" Ispaniya kubogi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi. Bir mavsumda uchta sovrin yomon emas, lekin muxlislar va rahbariyat boshqa unvonlarni kutishgandi. Bu safar Karlo Anchelotti jamoasi jiddiyroq narsa yuta olmadi.

Kichik bo‘lsa-da sovrinlar bor, shuning uchun mavsumni muvaffaqiyatsiz deb bo‘lmaydi. Ammo “Real Madrid” Chempionlar Ligasining yarim finaliga chiqqaniga qaramay, uni ham muvaffaqiyatli deb ayta olmaysiz. Ko‘rinib turibdiki, "qaymoqranglilar" o‘zgarishlarga muhtoj. O‘tgan mavsumda bu haqda tez-tez gapirilmas edi, chunki "blankoslar" chempionatda ishonchli tarzda peshqadamlik qilishdi va Chempionlar ligasida aql bovar qilmaydigan o‘yinlarni o‘tkazishdi. Ammo muammo shundaki, raqiblar har mavsum oldidan kuchayib bormoqda va Ispaniya poytaxtida ularda baribir hammasi yaxshi deb o‘ylashdi.

O‘tgan yozda "qirollik klubi"ni ko‘plab futbolchilar tark etdi. Eng mashhur: Garet Beyl, Marselo, Isko va Kazemiro. Jamoa faqat braziliyalik o‘rnini to‘ldirdi. Anchelotti zudlik bilan Aureliyen Tchuamenini sotib oldi. Yosh fransuz hayratlanarli darajada jamoaga kirishib ketdi, lekin faqat mavsumning birinchi qismida bu davom etdi. Ikkinchi qismida u unchalik samarali bo‘lmadi, shuning uchun kamroq o‘ynay boshladi.

Marselo ketdi - chap qanot himoyachisi o‘yinchisi bilan shartnoma imzolanmadi. Faqat Ferland Mendi qoldi, u mavsumning deyarli butun ikkinchi yarmini kasalxonada o‘tkazdi. Natijada, Anchelotti Eduardo Kamavingani himoyaning chap qanotiga qo‘yishga majbur bo‘ldi.

O‘rta chiziqda muammolar bor. Federiko Valverde boshqalardan ajralib turadi. Kamavinga ham yaxshi rivojlanmoqda, lekin ko‘pincha pozisiyadan tashqarida o‘ynaydi. Tchuameni esa beqaror. "Blankos" hali ham Luka Modrich va Toni Kroosga ishonib o‘ynayapti. "Real Madrid" faxriylarni yana bir yilga jamoada olib qolishi haqida ma’lumotlar bor, ammo har qanday holatda ham yangi yarim himoyachi kerak.

Madridliklar allaqachon bu yo‘nalishda ish boshladi. “Blankos”ning yozgi transfer maqsadlaridan biri Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem. Ammo angliyalikka ko‘p pul to‘lash kerak, bu esa boshqa transferlar ustida ishlashni qiyinlashtirishi mumkin. Qirollik klubiga nafaqat yarim himoyachilar kerak. Himoya markaziga ham futbolchilar kerak. Agar Nacho erkin agentga aylansa, "Real"da atigi 3 ta markaziy himoyachi bo‘ladi. Madrid bu mavsumda La Ligada 1 ta o‘yin o‘tkazgan Xesus Valexoga tayanmasa kerak.

O‘tgan mavsumda Benzema chempionatda 27 ta gol urgan bo‘lsa-da, har yili bunday saviyani saqlab qolmasligi aniq edi. Benzemaning joriy mavsumida La Ligada 18 ta goli bor, bu ham yomon emas, lekin ba’zi hollarda fransiyalik futbolchi jarohat tufayli o‘yinlarni o‘tkazib yuborsa, boshqalarida esa muhimroq janglar uchun saqlab qolingan. Uning o‘rnini bosadigan hech kim yo‘q. "Real"ning rejalariga Kilian Mbappening rad javobi ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin. Fransuzning "qirollik klubi"ga o‘tishi deyarli hal bo‘lgan masaladek tuyuldi, ammo u kutilmaganda "PSJ" bilan shartnomasini uzaytirishga qaror qildi. Har holda, “qaymoqranglilar”ga yangi markaziy hujumchi kerakligi aniq.

Qanotlarni kuchaytirish kerak. Eden Azar uzoq vaqtdan beri undan nima kutilayotganini ko‘rsatmayapti. Yozda belgiyalikni sotish uchun so‘nggi imkoniyatga ega bo‘lishadi. Marko Asensio gol urishda yordam beradi, lekin ko‘proq o‘ynashni xohlaydi. Ispaniyalik futbolchi zahiradan maydonga tushganidan keyin tez-tez gol uradi, ammo zahirada o‘tirish unga har doim ham to‘g‘ri kelmaydi. Qolaversa, uning shartnomasi muddati tugayapti. Agar Azar va Asensio ketsa, Vinisius va Rodrigoga o‘rinbosar topilmaydi. Bundan tashqari, Mariano Dias va Dani Sebalyoslar ham bor, ularning ham kelishuvi tugayapti.

"Real Madrid" jamoasini kuchaytirish borasida hayratlanarli darajada passiv. Ko‘plab futbolchilarning kelajagi hali ham noaniq, yangi "qaymoqranglilar" esa shartnoma imzolashga shoshilmayapti. “Blankoslar”da juda ko‘p kadrlar muammosi to‘plangan, ularni hal qilish uchun bir nechta transfer oynasi kerak bo‘ladi. "Real Madrid" har bir chiziqda kuchayishga muhtoj, chunki asosiy o‘yinchilarning ko‘pchiligida unga teng keladigan o‘rinbosar yo‘q. Bu, o‘z navbatida, raqobatning yetishmasligiga olib keladi.

"Real Madrid" mavsum yakunlanishiga bir necha oy qolganda chempionlik poygasidan chiqib ketdi. Chempionlar ligasida “qaymoqranglilar” yarim finalga qadar yetib borgan bo‘lsa-da, ochig‘i, pley-offda qur’a bilan omad kulib boqdi. 1/8 finalda “blankoslar” inqirozli “Liverpul”, chorak finalda esa umidsiz “Chelsi”dan o‘tdi. Yarim finalda “qirollik klubi” puxta tayyorgarlik ko‘rgan “Manchester Siti”ga qarshilik qilolmadi.

Karlo Anchelottining aytishicha, "Real Madrid"da qayta qurish ancha oldin boshlangan, ammo bu juda sekin ketmoqda. Qaymoqranglilar transfer bozorida faolroq ishlashi kerak, aks holda keyingi mavsumda natijalar bundan ham yomonroq bo‘ladi. Anchelotti bilan bog‘liq vaziyat ham ochiq savol bo‘lib qolyapti. Mutaxassisning shartnoma tugashiga yana bir yil qoldi, ammo bu hech narsani kafolatlamaydi. Yozda "qirollik klubi" rahbariyati jamoani imkon qadar tezroq nufuzli sovrinlar uchun kurashga qaytarish uchun ko‘plab qiyin qarorlar qabul qilishi kerak bo‘ladi.

Kiritildi: 21:36, 28.05.2023.
O'qildi: 6581 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.