Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Samvel Babayan: «Muxlislarga yoqadigan o‘yin bo‘ldi»

Samvel Babayan: «Muxlislarga yoqadigan o‘yin bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Superliga 12-turida o‘z maydonida «Olimpik»ni mag‘lub etgan «Navbahor» klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan ochiq o‘yin, kamchiliklar, Yo‘ldoshevga tanbeh bergani va rotasiya haqidagi savollarga javob qaytardi.

“Dastlabki daqiqalarda raqib himoyasini yorib o‘tishni reja qilgandik. Buni deyarli uddaladik, ammo vaziyatlardan foydalanishda aniqlik etishmadi. Menimcha, bugun muxlislarga yoqadigan o‘yin bo‘ldi. Ular mazza qilishdi deyish mumkin. Ularni g‘alaba bilan tabriklayman”, - dedi Babayan.

“Murabbiy sifatida albatta kamchiliklar borligini inkor etmayman. Hali ustidan ishlashimiz kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p. Ideal formaga kirib olish uchun tinib bilmay mehnat qilayapmiz”.

“Yo‘ldoshevga uchrashuv yakunida jarohati jiddiyroq bo‘lmasa o‘yinni davom ettirishi kerakligini aytgandim. Raqiblar bizga qarshi simulyasiyalar ishlatishi va turli nayranglar qilishi odat tusiga kirdi. Maydonda bir kishi kam bo‘lib qolmaslik uchun unga o‘yinni davom ettirishini va o‘yinni yuqori notada yakunlashi kerakligini aytdim”.

«Bunyodkor»ga qarshi o‘yinning birinchi taymida barcha o‘ylagan rejalarimiz o‘xshadi. O‘z o‘yinimiz orqali kerakli natijaga erishdik. Barchasini to‘g‘ri va mukammal bajardik. Bunday natija aynan shu omillar evaziga yuzaga keldi. Ikkinchi taym esa biz kutgan reja ostida o‘tmadi. Xotirjamlikka berildik. Biz hali mukammal darajaga chiqmadik. Ammo, bu borada tinmay ishlayapmiz. Bejizga peshqadamlik qilmayotganimizni isbotlashimiz kerak”

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 06:00, 29.05.2023.
O'qildi: 1593 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик