Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

"Lester"ning chempion tarkibidagi futbolchilar hozir qayerda?

"Lester"ning chempion tarkibidagi futbolchilar hozir qayerda?

Baho:
+ | -

Yetti yil oldin “Lester” Premyer-liga chempioniga aylangan bo‘lsa, bu yil jamoa Chempionshipga tushib ketdi. Shu bilan birga, uch futbolchi chempionlik quvonchini ham, quyi ligaga tushib qolishning achchig‘ini ham boshidan kechirdi: Jeymi Vardi, Daniyel Amarti va Mark Olbrayton shu vaqt davomida jamoada bo‘lishdi. Qolgan o‘yinchilarning faoliyatlari esa boshqa yo‘ldan ketdi. Bugun ular ayni vaqtda qayerda v anima qilayotganini ko‘rib chiqamiz.

Klaudio Ranyeri

Hozir: “Kalyari”

Chempionlikni qo‘lga kiritgach, klub Ranyeri bilan shartnomani 2020 yilgacha uzaytirdi, biroq u to‘liq ishlamadi – italiyalik mutaxassis yangi shartnoma imzolanganidan olti oy o‘tib iste’foga chiqarildi. Sababi natijalar yaxsgi emas edi. "Lester" mavsum boshidan buyon turnir jadvalida juda pastda edi. Shu bilan birga, Chempionlar ligasida hammasi yaxshi kechdi – jamoa “Portu”, “Kopengagen” va “Bryugge” bilan guruhda birinchi o‘rinni egallab, pley-offga chiqdi. Ranyeri faqat 1/8 finalning birinchi o‘yinida ishlashga muvaffaq bo‘ldi va shundan so‘ng u darhol ishdan bo‘shatildi. Murabbiyning o‘yinchilar bilan muloqot qilishda muammolari borligi haqida mish-mishlar tarqaldi, bu esa mojaroga aylanib ketdi, biroq bu ma’lumotni futbolchilarning o‘zlari va murabbiylar shtabi a’zolari rad etishdi.

Kasper Shmeyxel

Hozir: “Nissa”

Darvozabon o‘tgan yozda "Lester"ni tark etdi. Shmeyxel u bilan yakunlanadigan shartnoma uzaytirilishini kutayotgan edi va klub hech narsa taklif qilishga shoshilmadi. Natijada darvozabon “Nissa”ga o‘tishga rozi bo‘ldi va uch yillik shartnoma imzoladi. Ushbu transferdan eng ko‘p "Lester" yutqazdi, u nafaqat tajribali darvozabonni, balki kiyinish xonasidagi yetakchini ham yo‘qotdi.

Kristian Fuks

Hozir: faoliyatini tugatgan

“Lester” chempionlikdan so‘ng Fuks bilan shartnomani uzaytirdi: unga uch yilga shartnoma taklif qilishdi, ammo 2019 yilda bu yana bir mavsumga, keyin esa yana bir mavsumga cho‘zildi. 2021 yilda Fuks “Sharlotta”da o‘ynash uchun MLSga jo‘nab ketdi va shu yilning yanvar oyida 19 yillik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Ues Morgan

Hozir: faoliyatini tugatgan

Morgan chempionlik mavsumida har o‘yinda to‘liq maydonda bo‘lgan, shuning uchun uning jamoada va undan tashqarida bo‘lishi juda muhim edi. U 2017 yilda “Lester”ga Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqishga yordam berdi, 2021 yilda jamoa bilan Angliya kubogini qo‘lga kiritdi va keyin faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

N'Golo Kante

Hozir: "Chelsi"

Kante chempion jamoaning eng muhim o‘yinchilaridan biri edi, garchi bu uning klubdagi birinchi mavsumi edi. U oxirgi bo‘ldi. 2016 yilning yozida "Chelsi" yarim himoyachini qabul qilib oldi va Kante orzusi ushalganini tan oldi: "Antonio Konte va dunyoning eng yaxshi futbolchilari bilan ishlash imkoniyati rad etish uchun juda imkonsiz edi”, dedi u. Hozir uning shartnomasi yakunlanmoqda, shuning uchun uning "Chelsi"dagi kelajagi noma’lumligicha qolmoqda.

Daniel Drinkuoter

Hozir: klubsiz

Drinkuoter “Lester”ga avvaliga Premyer-ligaga chiqishga, keyin esa g‘alaba qozonishga yordam berdi, shu sababli 2016 yilning yozida uning shartnomasi birdaniga besh yilga uzaytirildi. Ammo oradan bir yil o‘tib "Chelsi" uni sotib oldi. Futbolchining o‘zi transfer oynasining so‘nggi kunida "Lester" uni qo‘yib yuborishi uchun transfer so‘rovini yubordi.

Riyod Mahrez

Hozir: “Manchester Siti”

Chempionlikning eng muhim o‘yinchisi "Lester" g‘alabali mavsumdan so‘ng klub bilan shartnomasini to‘rt yilga uzaytirdi, ammo ikki mavsum o‘tib Mahrez "Siti"ga ketdi. Kelishuv kuchli bo‘lib chiqdi: jazoirlik futbolchiga 60 million funt to‘langan, bu o‘sha paytda har ikki tomon uchun ham rekord summa edi. Mahrez yana to‘rt marta Angliya chempioni bo‘ldi, uch marta Liga kubogini qo‘lga kiritdi, Angliya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi, endi u Chempionlar ligasi finalida o‘ynaydi. O‘tgan yilning iyul oyida u "Siti" bilan shartnomasini yana uch yilga uzaytirdi, shuning uchun uning sovrinlari bilan javon to‘ldirilishi ehtimoldan xoli emas.

Shinji Okazaki

Hozir: “Sent-Truiden”

Yapon futbolchisi 2019 yilda “Lester”ni erkin agent sifatida tark etgan va “Malaga” bilan bir yillik shartnoma imzolagan. Lekin u ispan jamoasi tarkibida maydonga tushmagan. Klub maoshi byudjetidan oshib ketgani va futbolchini ro‘yxatdan o‘tkaza olmagani uchun ketishga majbur bo‘lgan. Tez orada yangi variant topildi - Okazaki Segundadan "UYEska" bilan shartnoma imzoladi. Mavsum davomida u 12 ta gol urdi va klubning La Ligaga chiqishiga yordam berdi, shu bois uning shartnomasi yana bir yilga uzaytirildi. O‘tgan yozdan boshlab yapon Belgiyaning “Sent-Truiden” jamoasida to‘p tepmoqda.

Endi King

Hozir: “Bristol”

Chempionlikdan so‘ng "Lester"ning yana bir shartnoma uzaytirilishi: King 2016 yilning yozida to‘rt yillik shartnoma imzolagan, ammo 2018 yilning qishidan boshlab u ijaraga berilgan. “Suonsi”, “Derbi Kaunti”, “Reynjers” va “Xaddersfild Taun” va har bir klubda olti oydan o‘ynagan.

Chempion jamoadan kimlar qoldi?

Jeymi Vardi

Chempionlikdan so‘ng Vardi "Lester" safida 107 ta gol urdi. Ammo bu mavsumda u yaxshi o‘yin ko‘rsatmadi. Aprelda u oktyabr oyidan beri birinchi marta gol urdi - golsiz seriya 19 o‘yin davom etdi. Garchi bu gol unga Premyer-liga tarixidagi barcha to‘purarlar orasida uchinchi o‘ringa chiqishga imkon berdi.

Vardining "Lester" bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.

Daniel Amarti

Amarti bu vaqt davomida "Lester"ning asosiy o‘yinchisi bo‘ldi, shuning uchun 2018 yilda u yangi shartnomaga imzo chekdi. Ammo bu yoz u tugaydi, uning uzaytirilishi haqida muzokaralar bo‘ldi, ammo hozircha aniqlik yo‘q. Demak, katta ehtimol bilan himoyachi tez orada “Lester”ni tark etadi.

Mark Olbrayton

U so‘nggi olti oyni "Vest Bromvich"da ijarada o‘tkazdi, ammo yozda "Lester" bilan 2024 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma bilan qaytadi.

Kiritildi: 12:31, 29.05.2023.
O'qildi: 3778 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.