Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

"Napoli" Osimxenni saqlab qolmoqchi

"Napoli" Osimxenni saqlab qolmoqchi

Baho:
+ | -

Nigeriyalik hujumchi Viktor Osimxen hozirgi jamoasi "Napoli"da qolishi mumkin. Calciomercato jurnalistlarining xabar berishicha, neapolliklar klubi rahbariyati afrikalik bilan mehnat shartnomasini yaxshilangan shartlar asosida uzaytirmoqchi.

Osimxen xizmatlariga "PSJ", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, “Napoli” prezidenti Aurelio de Laurentis Viktorni 160 million yevrodan kamiga sotmaydi.

Hujumchining amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Uning maoshi 4,5 million yevroni tashkil qiladi.

Osimxen joriy mavsum A Seriyada 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:32, 29.05.2023.
O'qildi: 985 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик