Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-0 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Sergey Arslonov: "Raqib futbolchilarimizni yaxshi qo‘riqladi"

Sergey Arslonov: "Raqib futbolchilarimizni yaxshi qo‘riqladi"

Baho:
+ | -

Superliga 12-turida “Paxtakor”ga mag‘lub bo‘lgan “Surxon” klubi bosh murabbiyi Sergey Arslonov mag‘lubiyat sabablari, Nimelining o‘yini, charchoq va raqib haqida gapirdi.

“Bu fikrni qaytarishni uncha istamayman, ammo yana qaytaraman – yana ikki xil taym ko‘rdik. Jamoam dastlabki taymda mazmunliroq o‘ynadi. Tepa blokda yaxshi harakat qildik. Ammo, vaziyatlardan foydalanishda biroz oqsadik. Raqib tajribali va tartibli jamoa ekanini bilardik. Darvozamizdan gol o‘tkazib ham oldinga intildik. Shunchaki, raqib bugun bizga gol urishga bermadi”, - dedi Arslonov.

“Nimeli ancha tirishqoq va hujumda imkoniyat izlaydigan futbolchi. Bugun shunchaki, raqib unga qarshi qattiq himoyalandi. Uni yaxshi qo‘riqlashgani uchun vaziyatlar deyarli yaratmadi. Shunday bo‘lsada, harakatlaridan qoniqdim. Raqiblarga doim bosim uyushtirishi ancha foyda berdi”.

“Asilbek Jumayevga ham “Paxtakor” futbolchilari alohida biriktirilgani uchun bugun o‘yini qovushmadi. U juda talabchan va to‘pni nazorat qilishga harakat qiladigan futbolchi. Uni ham qattiq va jiddiy tarzda qo‘riqlashgani uchun o‘zini ko‘rsata olmadi”.

“Bugun yuqorida borayotgan jamoalar bilan pastdagi jamoalar darajasi orasida farq oldingidek emas. Barcha jamoalarda saviyali va darajasi yuqori futbolchilar yig‘ilgan. Barchaning o‘z uslubi va qarashlari bor. Biz ham ligada boshqalarga bemalol qiyinchilik tug‘diradigan, o‘z uslubimizga ega klub sifatida shakllanishni reja qilayapmiz”

“Paxtakor” hozir bizga ham uy stadioni vazifasini bajarib kelayapti. Shunday bo‘lsada, stadionga kelib bizni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarimizga raxmat”

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 02:37, 30.05.2023.
O'qildi: 1300 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик