Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

"Liverpul" inqirozining besh sababi

"Liverpul" inqirozining besh sababi

Baho:
+ | -

Sovrinlarsiz, kurashlarsiz va YECHL futbolisiz qolgan "Liverpul"ning joriy mavsumini omadsizlikka yo‘yish mumkin, albatta. Nega deysizmi? Quyida bunga beshta sabab keltiriladi.

1. Mavsum oldi o‘yinlari

Tailandagi muxlislar o‘tgan yilning yozida "Liverpul" va "MYU" o‘rtasidagi bahsdan zavq olgan edi. "Manchester Yunayted" haqida ham shunday deyish mumkin. Ammo "Liverpul" borasida bunday deya olmaymiz. Hammasi 2022 yilning mart oyida, mersisaydliklar to‘rtta sovrin uchun kurashayotgan paytida boshlangandi. "Liverpul" martdayoq "MYU" bilan yozda, Bangkok shahrida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishini tasdiqlaydi. Bu Klopp jamoasining yozdagi ilk bahsi edi. Bu bahs o‘ta g‘alati tuyuldi va og‘ir mag‘lubiyat qabul qilib olindi – 4-0.
2023 yilning yanvarida Klopp yozgi mavsumoldi rejalari noto‘g‘ri bo‘lganini tan oldi: "Bu mavsumda nimani qilmagan bo‘lardim deb so‘rayapsizmi? Birinchi navbatda o‘sha Osiyoga bormagan bo‘lardim".
Mavsumoldi yangi xarid qilingan Darvin Nunyes uchun qiyinchilik tug‘dirdi. U Klopp rejimiga moslashishga o‘ta qiynaldi. Bununy natijasi o‘laroq, Nunyes bir mavsum davomida 6 ta kichik-kichik jarohatlar bilan o‘yinlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.

2. Yarim himoyachi sotib olinmagani

O‘tgan yozda Klopp yarim himoyachi sotib olish haqida shunday degandi: "Yarim himoyachi uchun zaruriyat qani? Aytingchi, biz qanday turdagi futbolchi sotib olishimiz kerak? Bizda hammasi joyida". Uning so‘zlari muxlislar tomonidan o‘ziga qarshi qurol sifatida ishlatilmagan bo‘lsa ham, mavsum Kloopning nohaq ekanini isbotlab qo‘ydi. Fabinyoning sport formasi mavsum avvalida yo‘qola boshlaydi. Tiago jarohatlar bilan o‘ralashib qoladi. Xenderson esa oldingidek foydali emasdi. Bularning bari "Liverpul"ni inqirozga yetakladi. Yanvarning so‘nggi kunida Artur Melo olib kelindi. Ammo bu jamoaning B rejasi yo‘qligi sabab amalga oshirilgandi. O‘sha reja Jud Bellingem bo‘lishi kerak edi. Ammo hozir YECHLsiz qolgan jamoaga uning kelishi juda qiyin masalaga aylandi.

3. Muammolarni tan olishdagi sustkashlik

2022-23 yilgi mavsum "Fulxem"ga qarshi durang bilan boshlandi. "Kristal Pelas" ham mag‘lub etilmadi va bu ikki bahs ogohlik qo‘g‘irog‘i bo‘lib yangrashi kerak edi. Klopp o‘shanda hammasi joyida ekaniga butun dunyoni ishontirishga harakat qiladi. Oqibatda, 12 turdan keyin "Liverpul" 10 o‘ringa tushib ketdi. Bu jamoaning aqliy va ruhiy toliqqanining yaqqol misoli bo‘ldi. Klopp esa muammolarni tan olishni istamasdi.

4. O‘zgarish uchun imkoniyatlardan foydalanilmadi

O‘tgan mavsum tarixdagi eng poyintar-soyintar davrlardan biriga aylandi. Bir nechta voqealar sabab mavsum davomida uzilishlar juda ko‘p bo‘ldi. Qirolicha olamdan o‘tganida, Jahon chempionati sabab va mart oyidagi uch haftalik tanaffus, shular jumlasidandir. Klopp mashg‘ulotlar vaqti ko‘p bo‘lishi kerakligi haqida tez-tez gapiradi. Ammo mavsum davomida berilgan shuncha vaqt va imkoniyatlar amalda "Liverpul"ning foydasiga xizmat qilmadi. Yurgen Klopp mundialdan keyin o‘z jamoasida hammasi joyida ekani haqida aytgandi. Ammo mersisaydliklar "Brentford" va "Brayton"ga sharmandali mag‘lub bo‘ldi, kubok bahslaridan "Brayton" sabab chiqib ketdi, "Real"ga 5-2 hisobida imkoniyatni boy berdi, "Bornmut" va "Manchester Siti"dan birorta ochko olmadi, "Kristal Pelas"ni esa, mag‘lub etishga kuchi yetmadi. Bularning bari muammolar ko‘lami kengayib borayotganidan darak berardi.

5. Bir qadam oldinga, ikki qadam orqaga

"Manchester Siti" "Enfild"da mag‘lub etilganidan bir hafta o‘tib, "Nottingem" mersisaydliklardan uch ochko olib qo‘yadi. Jamoa "MYU"ni 7-0 hisobida yer tishlatilganidan bir hafta o‘tib, "Bornmut"ga mag‘lub bo‘ladi. Avgust oyida "Nyukasl" ustidan g‘alaba qozonib, "Napoli"ga 4-1 hisobida imkoniyat boy beriladi. Barqaror ravishda "Liverpul" o‘z beqarorligini saqlab keldi. Bularning bari jamoaning mentaliteti bilan bog‘liq edi. Klopp shunday ahvolga tushdiki, u akademiyadan Stefan Baychetichni asosiy tarkibga qo‘shishga majbur bo‘ldi. Kutilmaganda, yosh yarim himoyachi porlab, ketma-ket 7 o‘yinni asosiy safda boshladi. 

Vaholangki, o‘tgan mavsum avvalida u Kloppning 9 ta futbolchidan iborat yarim himoyachilar ro‘yxatida yo‘q edi. Ha, jamoa mavsum oxirida 11 ta o‘yinda ketma-ket mag‘lub bo‘lmadi. Ammo bu hammasi yaxshi degani emas. Klub o‘zgarishlarga muhtoj. Oldindagi yoz esa bu uchun ajoyib imkoniyatdir.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: FourFourTwo.com
Kiritildi: 17:00, 30.05.2023.
O'qildi: 2328 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.