Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

"Tottenxem" Keynni "Real"ga qanchaga qo‘yib yuborishi ma’lum bo‘ldi

"Tottenxem" Keynni "Real"ga qanchaga qo‘yib yuborishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi yangi hujumchi bilan shartnoma imzolash imkoniyatlarini o‘rganishda davom etmoqda.

Diario AS xabariga ko‘ra, agar Karim Benzema ketsa, bir nechta nomlar ko‘rib chiqilmoqda. Murabbiylar shtabi eng ko‘p “Tottenxem” hujumchisi Xarri Keynni afzal ko‘radi.

Ayni damda "Real Madrid" hujumchi uchun qancha to‘lashi kerakligini allaqachon bilib olgan. "Tottenxem" Keynni 115 million yevroga baholamoqda. “Shporlar” APLdagi raqiblarini kuchaytirmaslik uchun angliyalikni xorij klubiga sotishni afzal ko‘rmoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, Keynning o‘zi Angliyani tark etishni xohlayaptimi yoki yo‘qmi, noma’lum. U Premyer-ligada Alan Shirerning 260 ta golli rekordini ortda qoldirmoqchi.

Kiritildi: 00:10, 31.05.2023.
O'qildi: 2967 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик